Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

HOKIM QABULLARI DAVOM ETYAPTI

Hokim qabullari davom etyapti

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarovning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqotda 10 nafarga yaqin fuqaro turli masalalar bilan murojaat qildi. 

Asosiy murojaatlar moddiy yordam, yer hujjatlari, sport maydonchasi, pensiya, aliment va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha bo‘ldi. 

Aksariyat murojaatlar shu yerning o‘zida ijobiy hal etilib, qolganlari bo‘yicha esa mas’ullarga topshiriqlar berildi va bajarish muddatlari belgilandi.

 
 
July 24, 2025, 2:46 p.m. |