HOKIM MIGRATSIYADAGI YOSHLAR BILAN MULOQOT QILDI

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov xorijda vaqtincha mehnat faoliyati va ta’lim bilan band bo‘lgan samarqandlik yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.
Muloqot davomida vatandoshlarimizdan hol-ahvol so‘raldi, ularning o‘qish va ish jarayonlari muhokama qilindi.
Samimiy ruhda o‘tgan suhbatda ishtirokchilar davlatimiz tomonidan yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik izhor etishdi.
April 29, 2025, 10:56 p.m. |