Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

HOKIM MAHALLALARDA: MUAMMOLAR TINGLANIB, JOYIDA O‘RGANILDI

Hokim mahallalarda: muammolar tinglanib, joyida o‘rganildi

Biroz avval xabar qilganimizdek, Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov erta tongdan Yuqori Xo‘ja Soat, Axillik, Panjob, O‘rta Xo‘ja Soat, Kattaqo‘rg‘on, O‘rikzor va Amir Temur mahallalari fuqarolari bilan uchrashdi. 

Qabul davomida aholi tomonidan elektr ta’minoti, bolalar maydonchasi, obodonlashtirish va chiqindilar muammosi, ichki yo‘llarni ta’mirlash, tibbiy xizmat hamda uy-joy ta’miri bo‘yicha BSK xizmati kabi masalalarda 30 ga yaqin murojaatlar tinglandi.

Qator murojaatlar shu yerning o‘zida hal etildi. Vaqt talab qiladigan masalalar yechimi yuzasidan esa mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.

Shahar hokimining mahallalardagi bu kabi qabullari davom etadi va bu haqda xabar berib boramiz.

 
 
July 16, 2025, 8:04 p.m. |