HOKIM 52-MAKTABDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR BILAN TANISHDI

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov 52-umumta’lim maktabida bo‘lib, keng ko‘lamli ta’mirlash va qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Shahar rahbari ishlarni belgilangan muddatda, yuqori sifatda yakunlash, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berdi.
Eslatib o‘tamiz, maktabning 960 o‘rinli, 4 qavatli asosiy o‘quv binosi, sport va faollar zali “AXMADBEK QURILISH TRIO” MCHJ tomonidan kapital ta’mirlanmoqda. Shuningdek, 480 o‘quvchiga mo‘ljallangan to‘liq zamonaviy mebellar bilan jihozlanib qo‘shimcha bino qurilmoqda.
Jumladan, o‘quv, kasbiy ta’lim binosi, zamonaviy mini futbol maydoni tashkil etiladi hamda hududda to‘liq ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, 2025–2026-o‘quv yili boshigacha foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.