GAGARIN VA FIRDAVSIY KO‘CHASI KESISHMASIDA TRANSPORT VOSITALARINING HARAKATI VAQTINCHA CHEKLANADI

Ayni kunlarda Samarqand shahrining Gagarin ko‘chasida to‘liq ta’mirlash ishlari olib borilayotgani haqida hokimlikning rasmiy sahifalari orqali xabar berib boryapmiz.
Endilikda Gagarin ko‘chasining Firdavsiy ko‘chasi bilan kesishmasida ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari olib borilyapti.
Shu munosabat bilan ikki ko‘chaning ushbu qismida bugun, 8 sentyabr kunidan 12 sentyabr kuniga qadar transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan cheklab boriladi.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
Sept. 8, 2023, 8:54 a.m. |
Yangiliklar
O‘Zbekiston Respublikasining Doimiy Aholisi Sonii
March 12, 2025
Munosabat: Chiqindilar Olindi Va Hudud Obodonlashtirildii
March 11, 2025