FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand shahridagi Xalq qabulxonasi xodimlari hamda shahar hokimining o‘rinbosari Akram Egamov hamkorligida Xishrav qo‘rg‘oni hududidagi "Navro‘z", "Yoshlik", "Chulquduq" mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlar mas’ul tashkilotlar tomonidan joyida bartaraf etish choralari ko‘rilib, muddat talab etilgan murojaatlar shahar Xalq qabulxonasi tomonidan nazoratga olindi.
Bundan tashqari, 10-son oilaviy poliklinika tor mutaxassislari tomonidan aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etilib, 3 nafar yotoqda yotgan, nogironligi bor fuqarolar holidan xabar olinib, bepul dori-darmonlar berildi.
March 16, 2023, 2:39 p.m. |
Yangiliklar
O‘Zbekiston Respublikasining Doimiy Aholisi Sonii
March 12, 2025
Munosabat: Chiqindilar Olindi Va Hudud Obodonlashtirildii
March 11, 2025