ERTAGA SAMARQAND SHAHRIDA AVTOBUSLAR SOAT 04:00 DAN ISH BOSHLAYDI

Joriy yilning 6-iyun kuni Qurbon Hayiti bayrami munosabati bilan aholiga qulaylik yaratish, fuqarolarning Hayit namozini ado etish maqsadida masjidalarga o‘z vaqtida yetib olishlari uchun avtobuslar harakatni soat 04:00 dan boshlaydi.
Bayram munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilangan 7 va 8-iyun kunlarida esa jamoat transporti odatiy tartibda harakatlanadi.
June 5, 2025, 2:58 p.m. |