ELEKTR TAʼMINOTI QARZDORLIGINI YOʻQ QILIB BERISHNI VAʼDA QILGAN MUHANDIS USHLANDI

Bu holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan IIB korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi.
Samarqand shahar elektr taʼminoti korxonasi muhandisi S.B. fuqaro A.Ch.ning xonadonidagi elektr energiyasiga noqonuniy ulanganligi holati boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik hamda mavjud qarzdorligini yoʻq qilib berish evaziga 4 mln. soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
April 6, 2023, 2:12 p.m. |
Yangiliklar
O‘Zbekiston Respublikasining Doimiy Aholisi Sonii
March 12, 2025
Munosabat: Chiqindilar Olindi Va Hudud Obodonlashtirildii
March 11, 2025