CHO‘MILISH QOIDALARIGA QAT'IY RIOYA QILISH LOZIM, AKS HOLDA...

Cho‘kish bilan bog‘liq noxushliklar yuz bermasligi uchun avvalo, cho‘milish qoidalariga qat'iy rioya qilish lozim.
Buning uchun ob-havo quyoshli va shamol bo‘lmagan vaqtda cho‘milish tavsiya etiladi. Qorin och bo‘lganda, charchaganda, chanqaganda, holsizlikda, spirtli ichimlik ta’sirida, yolg‘iz holda cho‘milish maqsadga muvofiq emas.
Shuningdek, taqiqlangan joylarda cho‘milish, kater va qayiqlarga yaqin suzib borish, yosh bolalarni suvda qarovsiz qoldirish, chegaralangan belgilardan tashqariga chiqish, ko‘prik, damba va kemalardan suvga sakrash, notanish joylarga sho‘ng‘ish taqiqlanadi.
Samarqand shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi.
May 26, 2023, 8:10 a.m. |
Yangiliklar
O‘Zbekiston Respublikasining Doimiy Aholisi Sonii
March 12, 2025
Munosabat: Chiqindilar Olindi Va Hudud Obodonlashtirildii
March 11, 2025