"BUGUNGI YOSHLAR – ERTANGI MAMLAKAT KELAJAGI..."

Shu kunlarda Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov shahar maktablarining yangi 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishmoqda.
Xususan, hokim bugun 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan ta’mirlash va yangilash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Mavjud kamchiliklar bo‘yicha mutasaddilarga tez va sifatli bajarish yuzasidan aniq vazifalar berildi.
– Bugungi yoshlar – ertangi mamlakat kelajagi. Ularning zamonaviy va qulay ta’lim maskanlarida o‘qishi biz uchun shunchaki vazifa emas, balki mas’uliyat va sharafdir. SHu bois har bir farzandimiz sifatli bilim olishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishimiz shart, – dedi hokim.
Aug. 11, 2025, 6:41 p.m. |
Yangiliklar
"Bugungi Yoshlar – Ertangi Mamlakat Kelajagi..."i
Aug. 11, 2025
Sifatsiz Bajarilgan Ish Joyida Buzdirildii
Aug. 7, 2025