Ishonch telefoni
Ish vaqti: uzluksiz

+99866-233-20-90

BUGUNDAN "OSH FESTIVALI" BOSHLANDI

BUGUNDAN "OSH FESTIVALI" BOSHLANDI

 

Samarqand shahrida 1,2,3-avgust kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan "Samarqand OSHI" festivali boshlandi. 

Festivalning ilk kuni bugun Mahalliy oshpazlar ishtirokida musobaqa Sulton Hovand Beka maqbarasi – Ashratxonada bo'lib o'tadi. 2-avgust kuni Xorijiy oshpazlar ishtirokida Alisher Navoiy nomli ko'chada tashkil etiladi. Shuningdek, 7 TONNA osh tayyorlash jarayoni Boqiy shahar majmuasida 3-avgust kuni boʼladi.

Xabar qilganimizdek, festival yakuni (soat 19:00)da poytaxtdan kelgan taniqli san'atkorlar Nilufar Usmonova, Muhammadziyo, Lola Ahmedova hamda Oybek va Nigora ishtirokida konsert dasturlari va tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimi o'tkaziladi.

Festivallarda ishtirok etish barcha uchun bepul.
 
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.

 

 
 
Aug. 1, 2025, 10:38 a.m. |