BUGUN SAMARQAND SHAHRINING 22 TA MASJIDIDA MO‘MIN-MUSULMONLAR MUBORAK RAMAZON HAYITI NAMOZINI ADO ETISHDI.

Xususan, “Nomozgoh” jome masjidida ham erta tongdan jamoat Iyd al-Fitr namozini ado etish uchun jam bo‘ldi.
Unda viloyat va shahar hokimi ishtirok etib, barcha samarqandliklarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi.
- Muqaddas bayram barchamizga muborak bo‘lsin, - dedi A.Boboyev. - Mamlakatimizda tinchlik bardavom, boshlagan ezgu ishlarimiz xayrli bo‘lsin. Yurtimizda muqaddas dinimizni asrab-avaylash bo‘yicha juda katta ishlar qilinmoqda. Ramazon hayiti bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!
March 30, 2025, 7:10 a.m. |