BUGUN ERTA TONGDAN SAMARQAND SHAHAR HOKIMI FAZLIDDIN UMAROV VILOYAT MUSIQALI DRAMA TEATRI ATROFIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN OBODONLASHTIRISH ISHLARI BILAN TANISHDI.

Ayni kunlarda teatr binosi oldida qurilish va obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilib, zamonaviy xizmat ko‘rsatish shaxobchasi barpo etilmoqda.
Hokim hududda fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish, teatrning qayta ta’mirlangan muhtasham binosi bilan hamohang infratuzilmani shakllantirish va maskanni doimo gavjum nuqtaga aylantirishga to'xtaldi.
April 30, 2025, 9:01 a.m. |