AYNI PAYTDA SAMARQAND SHAHAR HOKIMI FAZLIDDIN UMAROV TOMONIDAN NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILMOQDA.

Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tayotgan uchrashuvda fuqarolardan asosan, ichimlik suvi, moddiy yordam, yer hujjatlari, tibbiy xizmat, pensiya masalalari va uy-joy kabi aholi turmushi bilan bevosita bog‘liq yo‘nalishlarda murojaat bo‘lmoqda.
Qator masalalar joyning o‘zida hal etilmoqda, qolgan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ijro muddatlari belgilab qo‘yilyapti.
Qabul jarayoni davom etadi...
July 21, 2025, 12:08 p.m. |