AVVAL XABAR BERGANIMIZDIK, SAMARQAND SHAHRIDA IYUN OYI “YANGI O‘ZBEKISTON - YOSHLAR MAMLAKATI" SHIORI OSTIDA JOYLARDA QATOR TADBIRLAR O‘TKAZILDI.

Xususan, 20-iyun kuni Samarqand turizm markazida bayram shodiyonasi ko‘tarinki ruhda, dasturlarga ko‘ra poytaxtdan kelgan taniqli san’atkorlar ishtirokida galakonsert bilan o‘tdi.
Ayni paytda esa "30-iyun - Yoshlar kuni" munosabati bilan tadbirlar sarhisobi Samarqand shahri mahallalaridagi yoshlar yetakchilari, faol yigit-qizlar ishtirokida "Mo‘jiza" bazmgohida o‘tmoqda. Tadbirda yil davomida faollik ko‘rsatgan yoshlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbirda shahar hokimi Fazliddin Umarov ishtirok etmoqda.
June 30, 2025, 8:54 p.m. |