9-APREL DUNYOGA MASHHUR JAHONGIR, SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUD (1336-1405) TOPGAN KUN.

Amir Temur — o’zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug’vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag’ishlab kelayotgan ulug’ siymolardan biridir. Sohibqiron tavallud topgan kun munosabati bilan Samarqanddagi Amir Temur maqbarasida Qur’on tilovat qilindi.
Shundan so’ng hokimliklar, davlat va jamoat tashkilotlari, Markaziy Harbiy okrug harbiy xizmatchilari, Qurolli Kuchlar faxriylari, ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari va talabalar Sohibqiron bobomiz haykali poyiga gulchambarlar qo’yib, hurmat bajo keltirishdi.
Buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi, Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan joylarda turli tadbirlar davom etmoqda.
April 9, 2025, 9:32 a.m. |