Talabalikka qabul qilinganlar OTMga qanday hujjatlar topshirishi kerak?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2020-yil test sinovlari qaydnomasiga muvofiq, talabalar safiga qabul qilinganlar OTMga taqdim etishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra talaba o‘zi qabul qilingan OTMga: 
•  Rektor nomiga ariza;
•   Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
•  Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
•  Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
•  3,5x4,5 foto 12 ta;
•  Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
•  Konvert A5 formatida;
•  Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)
•  Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar imtiyoz beruvchi hujjatning aslini topshirishi kerak.

Lekin hujjatlarni an’anaviy shaklda o‘qish boshlanishidan oldin birorta OTM talab qilishi mumkin emas. 

Shuningdek, vazirlik imkon bo‘lsa, tabalalikka qabul qilingan yoshlardan o‘zi qabul qilingan OTMning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib borishni so‘ragan (https://t.me/c/1492133175/773).

Каналга уланиш: https://t.me/samshahar  
 www.facebook.com/samshaharhokim.

2015-2020 © Maked by: SAKTRM