Murojaatlar uchun telefon:

 0 (366) 231-06-09 

Ishonch telefoni:

 0 (366) 233-24-96 
 
Samarqand viloyati
Samarqand shahar hokimligi

 

Davlat mukofotlari

Davlat mukofotlari

O‘zbekiston Respublikasi unvonlari

«O‘ZBEKISTON QAHRAMONI» unvoni

«O‘zbekiston Qahramoni» unvoni oliy darajadagi mukofot bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat va xalq oldidagi qahramonona jasorat ko‘rsatish bilan bog‘liq xizmatlari uchun beriladi. «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga ham berilishi mumkin. «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan shaxsga «Oltin Yulduz» medali va unvon berilganligi to‘g‘risidagi tegishli hujjat topshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi ordenlari

MUSTAQILLIK ordeni

“Mustaqillik” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari mustaqil huquqiy davlat barpo etish va uni mustahkamlashga, respublikada tinchlik va taraqqiyotni ta'minlashga qo‘shgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar. “Mustaqillik” ordeni bilan ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

AMIR TEMUR ordeni

“Amir Temur” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari davlatchilikni mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari, me'morchilikni, ilm-fan, adabiyot va san'atni, shu jumladan harbiy mahoratni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar. «Amir Temur» ordeni bilan davlatlararo hamkorlikni, tinchlikni hamda xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash ishiga alohida hissa qo‘shganlik uchun ham taqdirlanadilar. “Amir Temur” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

JALOLIDDIN MANGUBERDI ordeni

“Jaloliddin Manguberdi” ordeni bilan mamlakat mustaqilligini, Vatan sarhadlarini, ona yurt tuprog‘ini himoya qilishda hamda uni ko‘z qorachig‘iday asrashda yuksak harbiy mahorat, qahramonlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan, davlatimizning mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar mukofotlanadilar.

BUYUK XIZMATLARI UCHUN ordeni

“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda xorijiy davlatlarning fuqarolari fan va texnikani, iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirishdagi katta xizmatlari, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishga hamda O‘zbekistonning xalqaro obro‘sini oshirishga qaratilgan ichki va tashqi siyosatni amalga oshirish ishiga sezilarli hissa qo‘shganligi uchun taqdirlanadilar.

EL-YURT HURMATI ordeni

“Yel-yurt hurmati” ordeni bilan mamlakat mustaqilligini, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga, milliy ma'naviyatni, madaniyatni yuksaltirishga katta hissa qo‘shgan, o‘z mehnati, ilmiy, jamoat ishi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan jamoatchilikning izzat-hurmatiga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadilar. «Yel-yurt hurmati» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishlari mumkin.

FIDOKORONA XIZMATLARI UCHUN ordeni

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mamlakatning iqtisodiy va madaniy yuksalishiga, mudofaa qudratini kuchaytirish va milliy xavfsizligini ta'minlashga, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga, xalq farovonligini oshirishga katta hissa qo‘shgan, o‘zining iste'dodi, bilim va tajribasini Vatanimiz ravnaqiga baxsh etib, fidoyilik namunasini ko‘rsatib kelayotgan fuqarolar va harbiy xizmatchilar mukofotlanadi. “Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

MEHNAT SHUHRATI ordeni

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekistonda iqtisodiyot va madaniyat yuksalishiga, xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va barqarorlik saqlanishiga xizmat qiladigan ulkan ishlari uchun mukofotlanadilar. Mustasno hollarda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

SOG‘LOM AVLOD UCHUN ordeni (birinchi darajali)

“Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan kishilar onalik va bolalikni muhofaza qilishdagi, sog‘lom avlodni kamol toptirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy muhitni ta'minlashdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadilar. “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan kishilar ham mukofotlanishlari mumkin. “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ikki darajadan iborat bo‘ladi:

SOG‘LOM AVLOD UCHUN ordeni (ikkinchi darajali)

“Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan kishilar onalik va bolalikni muhofaza qilishdagi, sog‘lom avlodni kamol toptirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy muhitni ta'minlashdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadilar. “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan kishilar ham mukofotlanishlari mumkin.

SHON-SHARAF ordeni (birinchi darajali)

«Shon-sharaf» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Vatanni himoya qilishda ko‘rsatgan fidoyilik va mardlik uchun, O‘zbekistonda mudofaa qudratini va milliy xavfsizlikni mustahkamlash, qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini oshirish va huquq-tartibotni ta'minlash ishidagi katta xizmatlari uchun mukofotlanadilar. Mustasno hollarda «Shon-sharaf» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. «Shon-sharaf» ordeni ikki darajadan iborat bo‘ladi:

SHON-SHARAF ordeni (ikkinchi darajali)

«Shon-sharaf» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Vatanni himoya qilishda ko‘rsatgan fidoyilik va mardlik uchun, O‘zbekistonda mudofaa qudratini va milliy xavfsizlikni mustahkamlash, qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini oshirish va huquq-tartibotni ta'minlash ishidagi katta xizmatlari uchun mukofotlanadilar. Mustasno hollarda «Shon-sharaf» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

DO‘STLIK ordeni

«Do‘stlik» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning vakillari o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash ishida erishgan katta yutuqlari, O‘zbekiston xalqining boshqa mamlakatlar xalqlari bilan do‘stlik va har taraflama hamkorligini rivojlantirganliklari uchun mukofotlanadilar. «Do‘stlik» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi medallari

JASORAT medali

«Jasorat» medali bilan O‘zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari, Milliy xavfsizlik xizmatining va ichki ishlar organlarining xodimlari respublikaning milliy xavfsizligini ta'minlash, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashda, harbiy burchni yoki xizmat burchini ado etish vaqtida ko‘rsatgan mardlik va jasoratlari uchun mukofotlanadilar. «Jasorat» medali bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar tabiiy ofat, yong‘in va boshqa favqulodda holatlar vaqtida jamoat tartibini saqlashda, odamlar hayotini, davlat va jamoat mulkini saqlab qolishda ko‘rsatgan jasoratlari uchun mukofotlanishlari mumkin.

SODIQ XIZMATLARI UCHUN medali

"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan yuksak kasbiy mahoratini, harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatning mudofaa qobiliyati hamda milliy xavfsizligini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar shayligini oshirish va O‘zbekistonda huquq-tartibotni ta'minlash ishidagi katta xizmatlari uchun mukofotlanadilar. "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin

SHUHRAT medali

“Shuhrat” medali bilan respublika iqtisodiyoti, fani va madaniyatini rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik hamda milliy istiqlol va ijtimoiy taraqqiyot g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishida o‘zining halol mehnati bilan katta yutuqlarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar mukofotlanadilar.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari

ZULFIYA nomidagi davlat mukofoti

O‘zbekiston Respublikasining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida a'lo hulqi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi bilan alohida iste'dodini namoyon qilib ta'lim olayotgan, istiqlol g‘oyalarini amalga oshirish yo‘lida astoydil mehnat qilayotgan 14 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, san'at, fan, ta'lim sohalaridagi hamda jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlari uchun beriladi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bittadan vakilalariga, jami 14 ta beriladi.

Davlat mukofoti I-darajali

O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san'at va me'morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari mazkur soha vakillarining davlat va jamiyat oldidagi xizmatlarining yuksak e'tirofidir. O‘zbekiston Respublikasining - fan va texnika, - adabiyot, - san'at va me'morchilik yo‘nalishlarida jami oltita - uchta birinchi darajali va uchta ikkinchi darajali Davlt mukofotlari har ikki yilda bir marta beriladi.

Davlat mukofoti II-darajali

O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san'at va me'morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari mazkur soha vakillarining davlat va jamiyat oldidagi xizmatlarining yuksak e'tirofidir. O‘zbekiston Respublikasining - fan va texnika, - adabiyot, - san'at va me'morchilik yo‘nalishlarida jami oltita - uchta birinchi darajali va uchta ikkinchi darajali Davlt mukofotlari har ikki yilda bir marta beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlari

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAN ARBOBI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi» faxriy unvoni olimlarga fan va texnika sohasidagi g‘oyat qimmatli asarlari, kashfiyot va ixtirolari uchun, Fan va texnikani rivojlantirishdagi, uning yutuqlarini targ‘ib va joriy etishdagi, respublika xalq xo‘jaligi uchun ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdagi xizmatlari uchun beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAN'AT ARBOBI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi” faxriy unvoni yuksak badiiy asarlar yaratgan, respublikada adabiyot va san'atni rivojlantirishda, ijodiy kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashda xizmat ko‘rsatgan rejissyorlarga, bastakorlarga, dirijyorlarga, baletmeysterlarga, musiqa, xor, raqs va boshqa ba"diiy jamoalarning rahbarlariga, madaniyat va san'at o‘quv yurtlarining muallimlariga, rang tasvir, naqqoshlik, o‘ymakorlik, gilamdo‘zlik va xalq ijodiyotining boshqa turlarida yuksak asarlar yaratgan xalq ustalariga beriladi.

O‘ZBEKISTON IFTIXORI faxriy unvoni

«O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni jahon chempionatlarida, Olimpiya o‘yinlarida va shularga teng jahon sport anjumanlarida g‘oliblik — chempionlik unvoniga erishgan hamda o‘z yutuqlari bilan Vatan obro‘sini, shoni va shuhratini ulug‘lashga ko‘maklashgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ ARTISTI faxriy unvoni

«O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni atoqli san'at arboblariga teatr, musiqa, kino, estrada, sirk, televideniye va radio eshittirshni rivojlantirishdagi, respublikada ijodiy kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashdagi alohida xizmatlari uchun beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ BAXSHISI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni baxshichilik san'atini yanada rivojlantirishdagi, milliy qadriyatlarimizni e'zozlash va o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotini keng targ‘ib etishdagi, o‘z ijodi va ijrochilik faoliyati bilan xalqimizni, ayniqsa yoshlarni ko‘p ming yillik madaniyatimiz sarchashmalaridan bahramand qilishdagi hamda Vatan istiqloli va shon-sharafini ulug‘lash yo‘lidagi salmoqli hissalari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ HOFIZI faxriy unvoni

«O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi» - faxriy unvoni qo‘shiqchilarga yuksak ijrochilik mahorati, O‘zbekiston mumtoz musiqa merosini va musiqaviy-she'riy san'atning an'anaviy shakllarini o‘zlashtirganligi va rivojlantirganligi, faol targ‘ib qilganligi uchun beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ O‘QITUVCHISI faxriy unvoni

«O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi» - faxriy unvoni bolalar va yoshlarga ta'lim hamda tarbiya berishda, xalq ta'limini rivojlantirish ishida alohida xizmat ko‘rsatgan barcha turdagi umumta'lim maktablarining o‘qituvchilariga, oliy o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlarining muallimlariga, xalq ta'limi tizimidagi o‘quv-tarbiya, uslubiyat va boshqa muassasalarining xodimlariga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ RASSOMI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni atoqli tasviriy san'at arboblariga rang tasvir, grafika, haykaltaroshlik, amaliy-dekorativ, teatr va kino san'atini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ SHOIRI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri” faxriy unvoni adabiyotni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan, respublikada va uning sarhadlaridan tashqarida mashhur bo‘lgan yuksak she'riy asarlar yaratgan shoirlarga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ USTASI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'atni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xalq ustalariga ularning milliy madaniyatni yanada rivojlantirish va iste'dodli yoshlarni tayyorlashga qo‘shgan hissalari uchun beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ YOZUVCHISI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” faxriy unvoni adabiyotni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan, xalq tomonidan keng e'tirof etilgan yuksak badiiy asarlar yaratgan yozuvchilarga, dramaturglar, tanqidchilar va adabiyotshunos olimlarga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN ALOQA XODIMI faxriy unvoni

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimi» faxriy unvoni aloqa vositalarini rivojlantirish va takomillashtirishda, respublika xalq xo‘jaligiga va aholisiga aloqaning barcha turlari bilan namunali xizmat ko‘rsatish ishini tashkil etishda alohida xizmat ko‘rsatgan aloqa xodimlariga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN ARTISTI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni respublikada san'atni rivojlantirishda, respublikada ijodiy kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashda xizmat ko‘rsatgan teatr, kino, estrada, sirk, televideniye va radio eshittirish artistlari va rejissyorlariga, musiqa ijrochilari va ashulachilarga, baletmeysterlarga, orkestr va xor dirijyorlariga, musiqa va boshqa badiiy jamoalarning rahbarlariga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN AVIASIYA XODIMI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aviatsiyasi xodimi” faxriy unvoni havo transportini rivojlantirishda, zamonaviy aviatsiya texnikasini o‘zlashtirishda, aholiga va respublika xalq xo‘jaligiga namunali xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda alohida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimlari va mutaxassislariga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN CHORVADOR faxriy unvoni

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador» faxriy unvoni jamoa, aksiyadorlik, dehqon, ijara, shaxsiy va boshqa turdagi xo‘jaliklarning, shuningdek o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va zooveterinariya muassasalarining, loyiha tashkilotlarining chorvachilikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan xodimlariga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN IQTISODCHI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni xalq xo‘jaligi barcha tarmoqlarining iqtisodiyotni yuksaltirishda alohida xizmat ko‘rsatgan yuqori malakali iqtisodchilariga va buxgalteriya hisobi xodimlariga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN IRRIGATOR faxriy unvoni

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator» faxriy unvoni suv xo‘jaligi, qurilish, loyiha, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarning suv xo‘jaligi obyektlarini qurish hamda ulardan foydalanish bilan shug‘ullanadigan va suv xo‘jaligini hamda sug‘oriladigan dehqonchilikni rivojlantirishda, shuningdek respublika tabiatini muhofaza etishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN IXTOROCHI VA RASIONALIZATOR faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator” faxriy unvoni xalq xo‘jaligiga joriy etilgan va katta iqtisodiy samara bergan ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarining mualliflariga, shuningdek ixtirochilik va ratsionalizatorlikni rivojlantirishda, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarini ishlab chiqarishga joriy etishda xizmat ko‘rsatgan shaxslarga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN JURNALIST faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni gazeta va jurnallar tahririyatlarining, televideniye va radio eshittirish, axborot agentliklarining matbuotni rivojlantirishda katta xizmat, ijodda va tashkilotchilik faoliyatida alohida o‘rnak ko‘rsatgan jurnalistlarga, nashriyotlar, boshqa tashkilotlarning ana shunday xodimlariga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KOMMUNAL, MAISHIY VA SAVDO SOHASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN XODIM faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasida kommunal, maishiy va savdo sohasida xizmat ko‘rsatgan xodim” faxriy unvoni uy-joy kommunal xo‘jaligi, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, birlashma, tashkilot va muassasalarining aholiga xizmat ko‘rsatish ishini yaxshilashda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN MADANIYAT XODIMI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni madaniy-ma'rifiy muassasalar, televideniye, radio, matbuot, nashriyotlar, tarix va madaniyat yodgorliklarini saqlash xodimlariga, shuningdek madaniyatni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan shaxslarga beriladi.

“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN ME'MOR faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan me'mor” faxriy unvoni milliy me'morchilikni, shaharsozlikni rivojlantirishda, zamonaviy fuqarolik, sanoat va qishloq me'morchilik majmualari, binolari va inshootlari yaratishda, shuningdek respublikada me'morchilik yodgorliklarini ta'mirlash sohasida xizmat ko‘rsatgan yuqori malakali me'morlarga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN PAXTAKOR faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor” faxriy unvoni jamoa, aksiyadorlik, dehqon, ijara, shaxsiy va boshqa turdagi xo‘jaliklarning, korxonalarning, o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba muassasalarining pillachilikni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga, shuningdek boshqa shaxslarga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN PILLACHI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi” faxriy unvoni jamoa, aksiyadorlik, dehqon, ijara, shaxsiy va boshqa turdagi xo‘jaliklarning, korxonalarning, o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba muassasalarining pillachilikni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga, shuningdek boshqa shaxslarga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN QISHLOQ XO‘JALIK XODIMI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi” faxriy unvoni qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi sohasining, qishloq xo‘jalik ilmiy-tadqiqot muassasalari va o‘quv yurtlarining qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN QURUVCHI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni qurilish, montaj va loyiha tashkilotlarining, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalarning respublikada qurilishni va qurilish industriyasini rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN SANOAT XODIMI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni sanoat birlashmalari va korxonalarining, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik muassasalarining respublika sanoatini rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN SOG‘LIQNI SAQLASH XODIMI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni ilmiy-tadqiqot, davolash-profilaktika, sanitariya-epidemiologiya va farmatsevtika muassasalarining sog‘liqni saqlashni rivojlantirishda va tibbiy xizmatni tashkil etish hamda respublika aholisi sog‘lig‘ini muhofaza qilishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga, shu jumladan o‘rta va kichik tabaqa tibbiy xodimlariga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN SPORT USTOZI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni Olimpiada va Osiyo o‘yinlarining, jahon, Osiyo chempionatlarining, birinchiliklarining, A guruhidagi boshqa xalqaro musobaqalarning, Olimpiada oldi o‘yinlari yoki nogironlar umumjahon chempionatlarining chempionlari va sovrindorlarini tayyorlagan, shuningdek jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan sport ustozlariga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN SPORTCHI faxriy unvoni

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni jahon chempionlari hamda rekordchilariga, Olimpiada va Osiyo o‘yinlari sovrindorlariga, shuningdek sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan boshqa sportchilarga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN TRANSPORT XODIMI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi” faxriy unvoni avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo, shahar transporti, yo‘llar qurilishi va ulardan foydalanish, o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, loyiha tashkilotlarining, shuningdek boshqa transport korxonalarining respublika transportini rivojlantirishda, transport vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirishda, yo‘llar qurish va ulardan foydalanishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN XALQ TA'LIMI XODIMI faxriy unvoni

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta'limi xodimi» faxriy unvoni barcha turdagi umumta'lim maktablarining, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining, hunar-texnika bilim yurtlarining, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktabdan tashqari muassasalarning, o‘qituvchilar malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi uslubiyat kabinetlari, kurslar va institutlarning respublika xalq ta'limini rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga, shuningdek xalq ta'limi boshqa muassasalarining ana shunday xodimlariga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN YOSHLAR MURABBIYSI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni yoshlarga kasb mahoratini o‘rgatishda, mehnatga halol va vijdonan munosabatni, yuksak vatanparvarlik va axloqiy fazilatlarni tarbiyalashda alohida xizmat ko‘rsatgan xalq xo‘jaligi xodimlari va mutaxassislariga beriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO‘RSATGAN YURIST faxriy unvoni

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist» faxriy unvoni qonunchilikni rivojlantirishda, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashda, xalq xo‘jaligida huquqiy ishni yaxshilashda, huquq fanlarini rivojlantirish va yuridik kadrlarni tayyorlashda alohida xizmat ko‘rsatgan yuqori malakali yuristlarga beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi esdalik nishonlari

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGIGA 20 YIL esdalik nishoni

“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishonining aylanasi bo‘ylab «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGIGA 20 YIL» so‘zlari yozilgan, ikki chekkasidan sakkiz qirrali yulduz bilan chegaralangan. Esdalik nishonining old tomonidagi «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGIGA 20 YIL» so‘zlarining foni qizil emal bilan, taralayotgan quyosh nurlari, turnalar va yer shari aks etgan qismidagi fon moviy rang emal bilan qoplangan. Esdalik nishonining orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan, pastki qismining markazida «2011» yozuvi qayd etilgan. Tasvirlar va yozuv qabariqdir. Esdalik nishonining qirralari gardish bilan hoshiyalangan. Esdalik nishoni halqacha va ilgakcha yordamida ustki qismiga eni 20 millimetrli moviy-zangori rangdagi ipak lenta o‘ralgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qadag‘ich (kolodka) bilan tutashtiriladi.


Oxirgi o‘zgarish: 02/03/2016 12:45;   Ko‘rilganligi: 90
 
Интерактив хизматлар
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing