Samarqand shahar hokimi

 

Quyidagi Samarqand shahar hokimining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Shahar hokimi vakolati doirasida viloyat hokimi va xalq deputatlari shahar Kengashi oldida hisobdordir.

Shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimi qabul qilgan hujjatlar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi;

o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida shaharda joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi;

O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining me’yoriy hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, qarori, farmoyishi, topshirig‘i, Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimining qaror, farmoyishlari, bayonnomalari hamda shahar Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;

jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ko‘radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;

shaharni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, shahar byudjetining asosiy ko‘rsatkichlarini va ularning ijrosiga doir hisobotlarni xalq deputatlari shahar Kengashining tasdig‘iga taqdim etadi;

xalq deputatlari shahar Kengashiga shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi;

viloyat hokimligi bilan kelishilgan holda o‘z o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Ushbu masalaga doir qabul qilgan qarorlarini tegishli Kengashlarning tasdig‘iga kiritadi;

hokimlik bo‘linmalari rahbarlarini va mas’ul xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

berilgan vakolatlari doirasida shahar tashkilotlari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va amaldagi tartibga asosan shahar Kengashi tasdig‘iga kiritadi. SHuningdek, bo‘lim, boshqarma, korxona va tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlash bo‘yicha viloyat hokimligi va tegishli  idoralarga takliflar kiritadi;

rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati tuzilmasi bo‘linmalarining ishini nazorat qiladi;

xalq deputatlari shahar Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida Qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;

davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va takliflar kiritadi;

respublika va xorijda shaharning rasmiy vakili sifatida ish ko‘radi;

aholini qabul qilishni tashkil etadi, jismoniy va yuridik shaxslarning shikoyat, ariza va takliflarini qarab chiqadi, “Xalq qabulxonalari”ni faoliyat ko‘rsatishiga har tomonlama ko‘maklashadi;

zaruratga qarab, ammo bir yilda kamida ikki marta xalq deputatlari shahar Kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyani olib boradi, uning hujjatlarini imzo qo‘yib tasdiqlaydi;

ish faoliyati yuzasidan bir yilda bir marta xalq deputatlari shahar Kengashiga hisobot beradi;

o‘ziga berilgan vakolatlar va amaldagi qonunlar doirasida shahardagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar qabul qiladi;

yangi texnologiyalar va texnikalarni joriy qilish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, bunda yangiliklarni o‘zlashtirishga yuqori darajadagi qobiliyatli ilmiy va intellektual salohiyatdan samarali foydalanish choralarini ko‘radi;

hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo‘jaligi, er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo‘l xo‘jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o‘z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.

Samarqand shahar hokimligi boshqaruv apparati to‘g‘risidagi Nizom va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ish ko‘radi.

Quyidagi komissiyalar va kengashlar ishiga rahbarlik qiladi:

shahar hokimligi huzuridagi Xorijiy fuqarolarga shu jumladan MDH qatnashchilari bo‘lgan davlat fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga shahar hududida yashash uchun ruxsatnomalar berish, shuningdek ularni doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus komissiya;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-son Farmoni amalga oshirilishi bo‘yicha
chora-tadbirlar bajarilishini muvofiqlashtiruvchi shahar komissiyasi;

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasining shahar kuzatuv Kengashi;

YOshlar masalalari bo‘yicha shahar idoralararo Kengashi;

SHahar Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi;

Geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha shahar komissiyasi;

Voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy idoralararo komissiya;

Shahar hokimligi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish mintaqaviy komissiyasi;

Shaharda epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasi;

Davlat mulkini investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar evaziga investorlarga tanlov asosida “nol” xarid qiymatida sotish bo‘yicha shahar hududiy tanlov komissiyasi;

Er tanlash va ajratish komissiyasi (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi shahar komissiyasi;

Toshqinga qarshi kurash bo‘yicha shahar komissiyasi;

Shaharda bolalarni yozgi sog‘lomlashtirish va dam oldirish komissiyasi;

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya berish bo‘yicha shahar komissiyasi;

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hududiy komissiyasi;

Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish bo‘yicha doimiy faoliyat yuritadigan hududiy komissiya;

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini
2018/2019 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha shahar komissiyasi;

Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha shahar komissiyasi;

Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha shahar Kengashi;

Tanosil kasalliklariga qarshi kurashish shahar idoralararo komissiyasi;

Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya;

OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha shahar komissiyasi;

2020 yilda Tokio (YAponiya) shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga shahar sportchilarini sifatli tayyorlashni tashkil etish bo‘yicha shahar komissiyasi;

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi shahar Kengashi;

O‘z vakolati doirasida quyidagi tashkilotlarning tegishli masalalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:

shahar prokuraturasi;

Samarqand shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi;

shahar adliya bo‘limi;

jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudi;

fuqarolik ishlari bo‘yicha shahar sudi;

shahar iqtisodiy sudi;

shahar Ma’muriy sudi;

shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi;

shahar mudofaa ishlari bo‘limi;

boshqa huquqni muhofaza qilish organlari.