Samarqand shahrida ilk info-kiosk ishga tushdi

 doc xls

Vendo kompaniyalar guruhi hamda viloyat turizmni rivojlantirish departamenti hamkorlik loyihasi asosida shahrimizda (Gagarin ko'chasidagi 7-umumta'lim maktabi yonida) birinchi marta info-kiosk faoliyati yo'lga qo'yildi.

Wi-fi tizimidan foydalanish, telefon qilish, turli ma'lumotlar olish kabi imkoniyatlarni o'zida mujassam etgan info-kiosk xizmatlaridan bepul foydalanish mumkin. Viloyat turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati vakilining so'zlariga ko'ra, loyiha tajriba sifatida amalga oshirilayotgan bo'lib, yaqin kelajakda shahrimizning sayyohlik hududlarida 200 ga yaqin shunday kiosklar ishga tushurilishi rejalashtirilgan.

Gulruh MO'MINOVA.