Davlat mukofotlari

Davlat mukofotlari

O‘zbekiston Respublikasi unvonlari

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/ozbekiston_qahramoni.jpg

«O‘ZBEKISTON QAHRAMONI» unvoni

«O‘zbekiston Qahramoni» unvoni oliy darajadagi mukofot bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat va xalq oldidagi qahramonona jasorat ko‘rsatish bilan bog‘liq xizmatlari uchun beriladi. «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga ham berilishi mumkin. «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan shaxsga «Oltin Yulduz» medali va unvon berilganligi to‘g‘risidagi tegishli hujjat topshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi ordenlari

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/amir_temur.jpg

MUSTAQILLIK ordeni

“Mustaqillik” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari mustaqil huquqiy davlat barpo etish va uni mustahkamlashga, respublikada tinchlik va taraqqiyotni ta'minlashga qo‘shgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar. “Mustaqillik” ordeni bilan ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/mustaqillik.jpg

AMIR TEMUR ordeni

“Amir Temur” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari davlatchilikni mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari, me'morchilikni, ilm-fan, adabiyot va san'atni, shu jumladan harbiy mahoratni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar. «Amir Temur» ordeni bilan davlatlararo hamkorlikni, tinchlikni hamda xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash ishiga alohida hissa qo‘shganlik uchun ham taqdirlanadilar. “Amir Temur” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/jaloliddin_manguberdi.jpg

JALOLIDDIN MANGUBERDI ordeni

“Jaloliddin Manguberdi” ordeni bilan mamlakat mustaqilligini, Vatan sarhadlarini, ona yurt tuprog‘ini himoya qilishda hamda uni ko‘z qorachig‘iday asrashda yuksak harbiy mahorat, qahramonlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan, davlatimizning mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar mukofotlanadilar.

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/buyuk_xizmatlar_uchun.jpg

BUYUK XIZMATLARI UCHUN ordeni

“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda xorijiy davlatlarning fuqarolari fan va texnikani, iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirishdagi katta xizmatlari, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishga hamda O‘zbekistonning xalqaro obro‘sini oshirishga qaratilgan ichki va tashqi siyosatni amalga oshirish ishiga sezilarli hissa qo‘shganligi uchun taqdirlanadilar.

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/el_yurt_hurmati.jpg

EL-YURT HURMATI ordeni

“Yel-yurt hurmati” ordeni bilan mamlakat mustaqilligini, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga, milliy ma'naviyatni, madaniyatni yuksaltirishga katta hissa qo‘shgan, o‘z mehnati, ilmiy, jamoat ishi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan jamoatchilikning izzat-hurmatiga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadilar. «Yel-yurt hurmati» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishlari mumkin.

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/fidokorona_xizmatlari_uchun.jpg

FIDOKORONA XIZMATLARI UCHUN ordeni

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mamlakatning iqtisodiy va madaniy yuksalishiga, mudofaa qudratini kuchaytirish va milliy xavfsizligini ta'minlashga, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga, xalq farovonligini oshirishga katta hissa qo‘shgan, o‘zining iste'dodi, bilim va tajribasini Vatanimiz ravnaqiga baxsh etib, fidoyilik namunasini ko‘rsatib kelayotgan fuqarolar va harbiy xizmatchilar mukofotlanadi. “Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/mehnat_shuhrati.jpg

MEHNAT SHUHRATI ordeni

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekistonda iqtisodiyot va madaniyat yuksalishiga, xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va barqarorlik saqlanishiga xizmat qiladigan ulkan ishlari uchun mukofotlanadilar. Mustasno hollarda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/soglom_avlod_uchun_1.jpg

SOG‘LOM AVLOD UCHUN ordeni (birinchi darajali)

“Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan kishilar onalik va bolalikni muhofaza qilishdagi, sog‘lom avlodni kamol toptirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy muhitni ta'minlashdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadilar. “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan kishilar ham mukofotlanishlari mumkin. “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ikki darajadan iborat bo‘ladi:

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/soglom_avlod_uchun_2.jpg

SOG‘LOM AVLOD UCHUN ordeni (ikkinchi darajali)

“Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan kishilar onalik va bolalikni muhofaza qilishdagi, sog‘lom avlodni kamol toptirish uchun eng yaxshi moddiy sharoit va axloqiy muhitni ta'minlashdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadilar. “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan kishilar ham mukofotlanishlari mumkin.

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/shon_sharaf_1.jpg

SHON-SHARAF ordeni (birinchi darajali)

«Shon-sharaf» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Vatanni himoya qilishda ko‘rsatgan fidoyilik va mardlik uchun, O‘zbekistonda mudofaa qudratini va milliy xavfsizlikni mustahkamlash, qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini oshirish va huquq-tartibotni ta'minlash ishidagi katta xizmatlari uchun mukofotlanadilar. Mustasno hollarda «Shon-sharaf» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. «Shon-sharaf» ordeni ikki darajadan iborat bo‘ladi:

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/shon_sharaf_2.jpg

SHON-SHARAF ordeni (ikkinchi darajali)

«Shon-sharaf» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Vatanni himoya qilishda ko‘rsatgan fidoyilik va mardlik uchun, O‘zbekistonda mudofaa qudratini va milliy xavfsizlikni mustahkamlash, qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini oshirish va huquq-tartibotni ta'minlash ishidagi katta xizmatlari uchun mukofotlanadilar. Mustasno hollarda «Shon-sharaf» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/dostlik.jpg

DO‘STLIK ordeni

«Do‘stlik» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning vakillari o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash ishida erishgan katta yutuqlari, O‘zbekiston xalqining boshqa mamlakatlar xalqlari bilan do‘stlik va har taraflama hamkorligini rivojlantirganliklari uchun mukofotlanadilar. «Do‘stlik» ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi medallari

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/jasorat.jpg

JASORAT medali

«Jasorat» medali bilan O‘zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari, Milliy xavfsizlik xizmatining va ichki ishlar organlarining xodimlari respublikaning milliy xavfsizligini ta'minlash, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashda, harbiy burchni yoki xizmat burchini ado etish vaqtida ko‘rsatgan mardlik va jasoratlari uchun mukofotlanadilar. «Jasorat» medali bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar tabiiy ofat, yong‘in va boshqa favqulodda holatlar vaqtida jamoat tartibini saqlashda, odamlar hayotini, davlat va jamoat mulkini saqlab qolishda ko‘rsatgan jasoratlari uchun mukofotlanishlari mumkin.

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/sodiq_xizmarlari_uchun.jpg

SODIQ XIZMATLARI UCHUN medali

"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan yuksak kasbiy mahoratini, harbiy va vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatning mudofaa qobiliyati hamda milliy xavfsizligini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar shayligini oshirish va O‘zbekistonda huquq-tartibotni ta'minlash ishidagi katta xizmatlari uchun mukofotlanadilar. "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/shuhrat.jpg

SHUHRAT medali

“Shuhrat” medali bilan respublika iqtisodiyoti, fani va madaniyatini rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik hamda milliy istiqlol va ijtimoiy taraqqiyot g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishida o‘zining halol mehnati bilan katta yutuqlarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar mukofotlanadilar.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/zulfiya.jpg

ZULFIYA nomidagi davlat mukofoti

O‘zbekiston Respublikasining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida a'lo hulqi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi bilan alohida iste'dodini namoyon qilib ta'lim olayotgan, istiqlol g‘oyalarini amalga oshirish yo‘lida astoydil mehnat qilayotgan 14 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, san'at, fan, ta'lim sohalaridagi hamda jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlari uchun beriladi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bittadan vakilalariga, jami 14 ta beriladi.

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/davlat_mukofoti_1.jpg

Davlat mukofoti I-darajali

O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san'at va me'morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari mazkur soha vakillarining davlat va jamiyat oldidagi xizmatlarining yuksak e'tirofidir. O‘zbekiston Respublikasining - fan va texnika, - adabiyot, - san'at va me'morchilik yo‘nalishlarida jami oltita - uchta birinchi darajali va uchta ikkinchi darajali Davlt mukofotlari har ikki yilda bir marta beriladi.

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/davlat_mukofoti_2.jpg

Davlat mukofoti II-darajali

O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san'at va me'morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari mazkur soha vakillarining davlat va jamiyat oldidagi xizmatlarining yuksak e'tirofidir. O‘zbekiston Respublikasining - fan va texnika, - adabiyot, - san'at va me'morchilik yo‘nalishlarida jami oltita - uchta birinchi darajali va uchta ikkinchi darajali Davlt mukofotlari har ikki yilda bir marta beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlari

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/ozbekiston_respublikasi_fan_arbobi.jpg

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAN ARBOBI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi» faxriy unvoni olimlarga fan va texnika sohasidagi g‘oyat qimmatli asarlari, kashfiyot va ixtirolari uchun, Fan va texnikani rivojlantirishdagi, uning yutuqlarini targ‘ib va joriy etishdagi, respublika xalq xo‘jaligi uchun ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdagi xizmatlari uchun beriladi.

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/ozbekiston_respublikasi_sanat_arbobi.jpg

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAN'AT ARBOBI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi” faxriy unvoni yuksak badiiy asarlar yaratgan, respublikada adabiyot va san'atni rivojlantirishda, ijodiy kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashda xizmat ko‘rsatgan rejissyorlarga, bastakorlarga, dirijyorlarga, baletmeysterlarga, musiqa, xor, raqs va boshqa ba"diiy jamoalarning rahbarlariga, madaniyat va san'at o‘quv yurtlarining muallimlariga, rang tasvir, naqqoshlik, o‘ymakorlik, gilamdo‘zlik va xalq ijodiyotining boshqa turlarida yuksak asarlar yaratgan xalq ustalariga beriladi.

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/ozbekiston_iftixori.jpg

O‘ZBEKISTON IFTIXORI faxriy unvoni

«O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni jahon chempionatlarida, Olimpiya o‘yinlarida va shularga teng jahon sport anjumanlarida g‘oliblik — chempionlik unvoniga erishgan hamda o‘z yutuqlari bilan Vatan obro‘sini, shoni va shuhratini ulug‘lashga ko‘maklashgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi.

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/ozbekiston_respublikasi_xalq_artisti.jpg

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ ARTISTI faxriy unvoni

«O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni atoqli san'at arboblariga teatr, musiqa, kino, estrada, sirk, televideniye va radio eshittirshni rivojlantirishdagi, respublikada ijodiy kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashdagi alohida xizmatlari uchun beriladi.

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/ozbekiston_respublikasi_xalq_baxshisi.jpg

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ BAXSHISI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni baxshichilik san'atini yanada rivojlantirishdagi, milliy qadriyatlarimizni e'zozlash va o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotini keng targ‘ib etishdagi, o‘z ijodi va ijrochilik faoliyati bilan xalqimizni, ayniqsa yoshlarni ko‘p ming yillik madaniyatimiz sarchashmalaridan bahramand qilishdagi hamda Vatan istiqloli va shon-sharafini ulug‘lash yo‘lidagi salmoqli hissalari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi.

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/ozbekiston_respublikasi_xalq_hofizi.jpg

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ HOFIZI faxriy unvoni

«O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi» - faxriy unvoni qo‘shiqchilarga yuksak ijrochilik mahorati, O‘zbekiston mumtoz musiqa merosini va musiqaviy-she'riy san'atning an'anaviy shakllarini o‘zlashtirganligi va rivojlantirganligi, faol targ‘ib qilganligi uchun beriladi.

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/ozbekiston_respublikasi_xalq_oqituvchisi.jpg

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ O‘QITUVCHISI faxriy unvoni

«O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi» - faxriy unvoni bolalar va yoshlarga ta'lim hamda tarbiya berishda, xalq ta'limini rivojlantirish ishida alohida xizmat ko‘rsatgan barcha turdagi umumta'lim maktablarining o‘qituvchilariga, oliy o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlarining muallimlariga, xalq ta'limi tizimidagi o‘quv-tarbiya, uslubiyat va boshqa muassasalarining xodimlariga beriladi.

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/ozbekiston_respublikasi_xalq_rassomi.jpg

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ RASSOMI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni atoqli tasviriy san'at arboblariga rang tasvir, grafika, haykaltaroshlik, amaliy-dekorativ, teatr va kino san'atini rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun beriladi.

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/ozbekiston_respublikasi_xalq_shoiri.jpg

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ SHOIRI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri” faxriy unvoni adabiyotni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan, respublikada va uning sarhadlaridan tashqarida mashhur bo‘lgan yuksak she'riy asarlar yaratgan shoirlarga beriladi.

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/ozbekiston_respublikasi_xalq_ustasi.jpg

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ USTASI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'atni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xalq ustalariga ularning milliy madaniyatni yanada rivojlantirish va iste'dodli yoshlarni tayyorlashga qo‘shgan hissalari uchun beriladi.

http://samshahar.uz/uploads/images/awards/ozbekiston_respublikasi_xalq_yozuvchisi.jpg

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ YOZUVCHISI faxriy unvoni

“O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” faxriy unvoni adabiyotni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan, xalq tomonidan keng e'tirof etilgan yuksak badiiy asarlar yaratgan yozuvchilarga, dramaturglar, tanqidchilar va adabiyotshunos olimlarga beriladi.

 

2015-2019 © Maked by: SAKTRM