Samarqand shahrining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari

 doc xls

Bugungi kunda mamlakat miqyosida sanoat korxonalarida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish hamda ishlab chiqarish quvvatlarini texnik va texnologik jihatdan yangilashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Natijada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni jadal rivojlanmoqda. Bu esa 2018 yilning yanvar-noyabr oylarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 4 817,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur'ati 106,9 foizni tashkil qildi.

Jumladan, hududiy sanoat mahsulotlari 1 491,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur'ati 101,9 foizni tashkil qildi.

Qurilish ishlari esa yanvar-noyabr oylarida 778,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,0 foizga oshdi.

Chakana savdo aylanmasi 2018 yilning yanvar-noyabr oylarida 2 504,8 mlrd. co‘mni tashkil qilib 101,6% foizni tashkil qildi.

Joriy yilning 11 oyida shaxrimizdagi xizmatlar ko‘rsatuvchi subyektlar tomonidan  5 077,2 mlrd. so‘mlik xizmat ko‘rsatildi. Bu o‘tgan yilnig shu davriga nisbatan 8,8 foiz o‘sishini ko‘rsatmoqda.

 

Samarqand shahar statistika bo‘limi

2015-2019 © Maked by: SAKTRM