Hozir: Samarqandda «Hosil bayrami» boshlandi

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida 9 dekabr - Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan «Hosil bayrami» tantanali tadbiri boshlandi. 

Bu yerga viloyatdagi sohaga tegishli korxona-tashkilot xodimlari, fermer, dehqon, irrigator, tomorqachi hamda keng jamoatchilik vakillari yig‘ilgan.

Dastlab Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning respublika Qishloq xo‘jaligi xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib berdi. 

Tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga “Niva Shevrolet“ rusumli xizmat avtomashinalarini topshirdi.

Tadbirda Prezidentimiz farmoni bilan qishloq xo‘jaligida erishgan ulkan yutuqlari, qishloq xo‘jaligi mas'hulotlari yetishtirishdagi samarali faoliyati hamda sohani rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun besh nafar samarqandlikka davlatimizning unvon, orden va medallari, “Ilg‘or fermer”, “Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishonlari, viloyat hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirish ko‘zda tutilgan.

2015-2019 © Maked by: SAKTRM