Murojaatlar uchun telefon:

 0 (366) 231-06-09 

Ishonch telefoni:

 0 (366) 233-24-96 
 
Samarqand viloyati
Samarqand shahar hokimligi

 

SAMARQANDDA "CHELLENJER" G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Samarqand shahrida erkak professional tennischilar o‘rtasida o‘tkazilgan "Chellenjer" turkumidagi xalqaro turnir yakuniga yetdi.

Mukofot jamg‘armasi 75 ming dollarni tashkil etgan mazkur turnirda dunyoning 21 davlatidan 50 nafardan ortiq tennischi g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Yakkalik bahsi finalida italiyalik Luka Vanni ispaniyalik Mario Vilella Martinezni mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi.

Turnirning juftlik bahsi final o‘yinida hindistonlik Sriram Balaji va Vishnu Vardhan qozog‘istonlik Timur Habibulin hamda ukrainalik Vladislav Manafovga qarshi bahs olib borishdi. Ikki set natijasiga ko‘ra, hindistonliklar birinchilikni egalladi.

Husan Eltoyev.


Kiritilgan vaqti: 21/05/2018 18:29;   Ko‘rilganligi: 99
 
Интерактив хизматлар
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing