Murojaatlar uchun telefon:

 0 (366) 231-06-09 

Ishonch telefoni:

 0 (366) 233-24-96 
 
Samarqand viloyati
Samarqand shahar hokimligi

 

PREZIDENT SOVG‘ASI SAMARQAND SHAHRI O‘QUVCHILARIGA BERILDI

Samarqandda “Umid nihollari” sport musobaqasining viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sport musobaqalarining bu galgi quyi bosqichlari ham viloyatda uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. 2017-2018 yillar davomida viloyatdagi 1200 ta umumta'lim maktabining 474 ming nafardan ortiq o‘quvchilari bellashuvlarda o‘z mahoratini namoyon etdi.

Musobaqaning tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 3500 nafardan ko‘proq o‘quvchilar, jumladan, 1200 nafar qizlar joriy yilning mart oyida viloyat bosqichida 21 sport turi bo‘yicha o‘z iqtidori va g‘alabaga intilishini ko‘rsatdi. Qizg‘in kurashlarga boy bellashuvlar yakuniga ko‘ra, Samarqand shahri vakillari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin Urgut tumani, uchinchi o‘rin Bulung‘ur tumani jamoalariga nasib etdi.

Tantanali marosimda musobaqa g‘olibi – Samarqand shahri jamoasiga Prezident sovg‘asi – “Damas” avtomashinasi topshirildi. Urgut va bulung‘urlik sportchi-o‘quvchilar ham “Umid nihollari” kubogi, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbirda samarqandlik sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, shuningdek, taniqli san'atkorlar va iste'dodli yoshlarning konsert dasturi namoyish etildi.


Kiritilgan vaqti: 17/05/2018 17:23;   Ko‘rilganligi: 6
 
Интерактив хизматлар
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing