Murojaatlar uchun telefon:

 0 (366) 231-06-09 

Ishonch telefoni:

 0 (366) 233-24-96 
 
Samarqand viloyati
Samarqand shahar hokimligi

 

MATBUOT AHJUMANI

Viloyatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan faoliyat bugungi kun talabi darajasidami?

Hududda internet tarmog‘i, uning ishlash tezligini oshirish borasida qanday ishlar bajarilayapti?

Joylarga optik tolali aloqa liniyalari yotqizish ishlarida muammolar yo‘qmi?

Samarqand shahrida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi viloyat hududiy boshqarmasi hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida tashkil etilgan matbuot anjumanida shu kabi savollarga javob izlandi.

Boshqarma boshlig‘i Nodir Eshnazarov axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining davlat boshqaruvidagi roli, sohada qabul qilingan huquqiy hujjatlar, viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

2018 yilning birinchi choragi davomida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish maqsadida 4 ta loyiha amalga oshirildi. Buning uchun 221,4 million so‘m mablag‘ o‘zlashtirildi. 7 ta yuqori va 26 ta kam quvvatli raqamli teleradiouzatish stansiyalari o‘rnatilganligi hisobiga viloyatimiz hududlari raqamli signal sathi bilan to‘liq qamrab olindi, 33,6 kilometr optik tolali aloqa liniyalari yotqizildi. Yil yakunigacha viloyatda 300 kilometr optik tola yotqizish va internet tezligini 10 barobarga oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, TATU Samarqand filiali direktori A.Xoljigitov, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Samarqand filiali rahbari M.Aliyev, “O‘zI Samarqand” filiali direktori R.Rashidov, Samarqand radioteleuzatish markazi boshlig‘i F.Roziqov o‘z sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilayotgan imkoniyatlar va yangiliklar xususida to‘xtaldilar.

***

Tadbir davomida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi viloyat filiali rahbari Abduaziz Hafizov ishtirokida ham brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda A.Hafizov vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqishdagi xavfsizlikni ta'minlash, ishlash uchun xorijga chiqayotgan fuqarolarga temiryo‘l yoki aviachiptalar xarid qilishlarida chegirmalar mavjudligi haqida ma'lumot berdi.

 

Husan Eltoyev.


Kiritilgan vaqti: 20/05/2018 15:34;   Ko‘rilganligi: 29
 
Интерактив хизматлар
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing