Murojaatlar uchun telefon:

 0 (366) 231-06-09 

Ishonch telefoni:

 0 (366) 233-24-96 
 
Samarqand viloyati
Samarqand shahar hokimligi

 

BUDAPESHT MERI SAMARQANDGA KELDI

Bugun O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turgan Vengriya poytaxti Budapesht shahri meri boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

Delegatsiya a'zolari Samarqand temir yo‘l vokzalida viloyat hokimligi hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan kutib olindi.

Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev Vengriya poytaxti rahbari Ishtvan Tarlosh bilan uchrashdi.

Uchrashuvda viloyat hokimi mehmonlarga Samarqandning sayyohlik salohiyati, viloyatda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirib berdi. O‘z navbatida, mehmonlar Budapesht shahri, uning turizm sohasidagi imkoniyatlari haqida so‘z yuritishdi.

- Kecha poytaxtda o‘tkazilgan uchrashuvlarda Toshkent va Budapesht shahri o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, – deydi I.Tarlosh. – Mazkur hujjatda infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy-iqtisodiy, savdo-sotiq, tadbirkorlik, madaniy-ma'rifiy, turizm sohasini rivojlantirishga doir qator masalalar e'tiborga olindi.

Shuni e'tirof etishim kerak, Vengriya xalqi O‘zbekistonning tarixiy shaharlari, xususan Samarqand haqida yaxshi biladi. Haqiqatan ham Samarqand tarixiy yodgorliklarga nihoyatda boy, ob-havosi, ko‘chalari toza, bir so‘z bilan aytganda, turizmni bundanda rivojlantirish imkoni bo‘lgan shahar ekan. Kelajakda bu shahar bilan ham yaqin aloqalar o‘rnatishga qiziqib qoldik.

Bu xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Mehmonlar kunning ikkinchi yarmida Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga tarixiy yodgorliklarini tomosha qildi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati.


Kiritilgan vaqti: 07/05/2018 12:12;   Ko‘rilganligi: 162
 
Интерактив хизматлар
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing