Murojaatlar uchun telefon:

 0 (366) 231-06-09 

Ishonch telefoni:

 0 (366) 233-24-96 
 
Samarqand viloyati
Samarqand shahar hokimligi

 

BOLALARNI SOG‘LOM OVQATLANTIRISHNING YANGICHA USULI

Samarqand shahridagi 98-maktabgacha ta'lim muassasasida “Maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishning yangi usullari (autsorsing tizimi) va uning qulayliklari” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

- Prezidentimizning 2017 yil 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida maktabgacha ta'lim muassasalarida tadbirkorlik subyektlari bilan sifat talablariga va sanitariya-gigiyena me'yorlariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish ishlari sinov tariqasida amalga oshirish belgilangandi, - deydi viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Nigora Sa'dinova. - Mazkur maktabgacha ta'lim muassasasi “Gold platan” xususiy korxonasi bilan hamkorlikda autsorsing xizmati asosida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirishni yo‘lga qo‘ydi. Bunda tadbirkor muassasa oshxonasini ijaraga olib, sifatli va xavfsizligi ta'minlangan oziq-ovqat mahsulotlaridan sanitariya-gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda taomlar tayyorlaydi, yarimtayyor va tayyor mahsulotlarni yetkazib beradi.

- Tadbirkor tomonidan taklif etilayotgan xizmat bir qancha qulayliklarga ega, - deydi Qo‘shrabot tumanidagi 4-MTM mudirasi Maqsuda Alibekova. – Misol uchun, bolalarning bir kunlik non iste'mol qilish me'yori 120 grammni tashkil etadi. Bu yerda nonning maxsus 40 grammdan pishirilayotganiga guvoh bo‘ldik.

Shuningdek, har bir bolaga individual yondashuv ularning jamoat joyida ovqatlanish madaniyatini shakllantiradi. Alohida oshxonalarni tashkil etish guruh xonalarining tozaligini saqlaydi. Muassasa xodimlarining e'tibori bolalarning ta'lim-tarbiyasiga qaratiladi.

 

Nasiba Jonto‘rayeva.

 


Kiritilgan vaqti: 28/05/2018 22:45;   Ko‘rilganligi: 119
 
Интерактив хизматлар
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing