Murojaatlar uchun telefon:

 0 (366) 231-06-09 

Ishonch telefoni:

 0 (366) 233-24-96 
 
Bosh sahifa / Virtual qabulxona
 

Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash

1. Shahar hokimligi devonxonasi fuqarolarning og‘zaki yoki yozma shakldagi ariza, taklif va shikoyatlar bilan ishlash hamda fuqarolarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda shahar hokimining qarori bilan tasdiqlangan “Samarqand shahar hokimligida fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularni qabul qilish tartibi” asosida amalga oshiriladi.

2. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash uchun mas'uliyat shahar hokimi o‘rinbosarlari, umumiy bo‘lim, guruh rahbarlari va kotibiyat mudirlari zimmasiga yuklanadi.

3. Shahar hokimligida fuqarolar shahar hokimi, hokim o‘rinbosarlari, kotibiyat, bo‘lim va guruh rahbarlari tomonidan fuqarolarni qabul qilish xonasida qabul qilinadi. Fuqarolarni qabul qilish shahar hokimi qarori bilan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi. Qabul jadvali fuqarolar e'tiboriga yetkaziladi.

4. Shahar hokimi va hokim o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolar hududlarda maxsus jadval asosida sayyor qabul qilinadi.

5. Har bir fuqaroning qabulidan so‘ng qabul varaqalari rasmiylashtiriladi. Unda qabul qilingan fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, istiqomat qiladigan joyi, murojaatning qisqacha mazmuni yozib qo‘yiladi. Qabul varaqasi umumiy bo‘limda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Qabulda ko‘tarilgan muammo hal etish uchun tegishli ijrochilarga yuboriladi va uning nazorati hokimlik devonxonaning tegishli bo‘linmasi va umumiy bo‘lim rahbarlari tomonidan shaxsan nazorat qilinadi.

6. Fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish uchun mas'uliyat shahar hokimligi yetakchi mutaxassisi U.Ahadov zimmasiga yuklatiladi.

7. Umumiy bo‘lim mudiri shahar hokimligiga kelgan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilib oladi, mazmuniga qarab shahar hokimi topshirig‘i loyihasini tayyorlaydi va shaxsan shahar hokimi ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi. Shahar hokimi tomonidan murojaatni o‘rganish bo‘yicha berilgan topshiriq shahar hokimligi devonxona ishlar boshqarmasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va tegishli ijrochilarga yetkaziladi. Ushbu jarayon shahar hokimligi yetakchi mutaxassisi U.Axadov tomonidan shaxsan nazorat qilinadi. Shahar hokimi o‘rinbosarlari yoki hokimlik devonxonaning bo‘linmalari rahbarlari nomiga kelgan murojaatlar ham shahar hokimligi yetakchi mutaxassisi U.Axadov tomonidan xuddi shu tartibda rasmiylashtiriladi va nazoratga olinadi. Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganib chiqish uchun shahar hokimi yoki ushbu murojaat ko‘rib chiqish uchun yuborilgan hokim o‘rinbosari tomonidan tegishli mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilishi mumkin.

8. Fuqarolarning takliflari tushgan kundan e'tiboran bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi (qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan takliflar bundan mustasno) va bu haqda taklif kiritgan shaxsga o‘n kun muddat ichida ma'lum qilinadi. 
Ariza va shikoyatlar shahar hokimligiga tushgan kunidan e'tiboran bir oygacha bo‘lgan muddat ichida, qo‘shimcha o‘rganishni va tekshirishni talab etmaydigan ariza va shikoyatlar esa o‘n besh kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.
Ariza yoki shikoyatni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ariza yoki shikoyatni ko‘rib chiqish muddati shahar hokimi tomonidan istisno tariqasida uzog‘i bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma'lum qilinadi. 
Shahar hokimligiga qabulga kelgan fuqarolarga murojaatlari bo‘yicha o‘sha paytda tushuntirish beriladi, masalaning mohiyatiga qarab uning ko‘rib chiqilishi natijalari to‘g‘risida murojaat mualliflariga yozma shaklda xabar berilishi ham mumkin.

9. Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to‘g‘risidagi ma'lumotlar ko‘rsatilmagan yoki u haqda soxta ma'lumotlar ko‘rsatilgan, shuningdek, imzo qo‘yilmagan yozma murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi. 
Fuqarolarning murojaatlarida qo‘yilgan masalalarni hal etish shahar hokimligining vakolatiga kirmaydigan bo‘lsa, uzog‘i bilan besh kunlik muddat ichida tegishli organlarga jo‘natiladi va bu haqda fuqaroga xabar qilinadi.

10. Shahar hokimligi yetakchi mutaxassisi U.Axadov har kunning oxirida fuqarolarning murojaatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ular bilan olib borilgan ishlarni tahlil qiladi, qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi. Oy yakunlari bo‘yicha shahar hokimligiga fuqarolardan kelgan murojaatlarni umumlashtiradi va ularni mazmuni bo‘yicha tahlil qiladi. Tahliliy ma'lumotlarni shahar hokimlik soati va apparat yig‘ilishlari muhokamasiga kiritadi.

11. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mas'ul shaxs:
Ismi-sharifi Ahadov Umed Farxodovich
Shahar hokimligi kanselyariya bo‘limi yetakchi mutaxassisi
Manzil: Samarqand shahri, Abdurahmon Jomiy ko‘chasi, 59-uy
Telefon: 0 (366) 235-32-13


Интерактив хизматлар
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing