Murojaatlar uchun telefon:

 0 (366) 231-06-09 

Ishonch telefoni:

 0 (366) 233-24-96 
 

Samarqandning tarixiy qadamjolari

Salkam 3000 yillik tarixga ega bo‘lgan va hamisha navqiron Samarqand mustaqillik yillarida yanada obod va ko‘rkam bo‘ldi. Uning qaysi bir go‘shasiga nazar solmang, ulkan yaratuvchilik va bunyodkorlik ishlariga ko‘zingiz tushadi.

Jumladan, hududda saqlangan va xalqimiz tomonidan asrlar davomida e’zozlanib kelinayotgan arxeologik yodgorliklar va me’moriy obidalarga ham qaytadan jon baxsh etildi. Ularning barchasi ta’mirlanib, ba’zilari yangidan bunyod qilindi. Bugun nafaqat xalqimiz, balki dunyo jamoatchiligi kelib ko‘rsa, ma’naviy oziqlansa arziydigan muqaddas qadamjolarga aylantirildi.

SO‘ZBOSHI

Prezidentimiz Islom Karimovning: «Tarix xotirasi xalqning, jonajon o‘lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o‘zlikni anglash, ta'bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi» (Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: «O‘zbekiston», 1997, 140-b.) degan qarashlarini dasturilamal qilib olgan xalqimiz mamlakatimizda davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgan damlardan e'tiboran boy ma'naviy merosimizni va qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish borasida keng qamrovli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Batafsil ...

Samarqand – Amir Temur davlatining poytaxti

1370 yili Amir Temur Balx shahridagi katta qurultoyda Movarounnahr hukmdori etib saylandi. Mo‘­g‘ullar hukmronligi davrida mamlakat parokanda bo‘lgan, davlatchilikka putur yetgani bois. Sohibqiron oldida mamlakatni qayta tiklashdek ulkan va mashaqqatli vazifalar turardi. 

Batafsil ...

Registon ansambli

Registon maydoni Yer yuzining sayqali deb tan olingan, Amir Temur birlashtirgan yigirma yetti davlat poytaxti bo‘lgan mashhur Samarqandning o‘ziga xos va mos bo‘lgan ko‘zgusidir. Registon maydoni Bahodir Yalangto‘sh davrida shakllangan.

«Registon» degan so‘z fors tilidan olingan bo‘lib, «qumli joy» degan ma'noni bildiradi, «reg» - qum, «iston» - turish joyi demakdir. Tarixiy ma'lumotlar va aniq ilmiy ashyoviy dalillarga asoslanib, aytish mumkin-ki, bu yerdan janubiy sharqdan, shimoliy g‘arbga tomon katta ariq oqib o‘tgan, vaqt o‘tib ariq qurigandan so‘ng, o‘rnida qumloq joy qolgan. Ana shu asosda «Registon» degan so‘z kelib chiqqan.

Batafsil ...

Ulug‘bek madrasasi (1417 – 1420)

Registon maydonidagi me'moriy majmuaning tarkib topishi Mirzo Ulug‘bekning farmoniga binoan madrasa qurilishidan boshlandi. Madrasa 1417-1420 yillarda qurilgan bo‘lib, uning sathi 81x56 m. atrofidagi hudud edi.

Bino loyihasining muallifi, o‘z zamonasining mashhur olimi Qavomiddin Sheroziy bo‘lib, Hirotda hukmdorlar uchun qurilgan aksar me'morchilik majmualari ham uning ijodiga mansub bo‘lgan.

Batafsil ...

Sherdor madrasasi (1619-1636)

Samarqand shahri tarixi XVII asrning birinchi yarmida, ashtarxoniylar sulolasining olchin urug‘idan chiqqan o‘zbek zodagonlarining yirik vakili Yalangtush Bahodirning faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. 

Samarqandda ashtarxoniylar davrida Yalangtush Bahodir ta'siri sababli qurilish ishlari yanada jonlanadi. Ushbu ma'rifatparvar va saxovatpesha hokimning bevosita tashabbusi va farmoni bilan Registon maydonidagi vayronalikka yuz tutgan hashamatli Mirzo Ulug‘bek madrasasida ta'mirlash ishlarini olib borish hamda batamom buzilib ketgan Mirzo Ulug‘bek qurdirgan xonaqoh, Mirzoyi hammomi va karvon saroylari o‘rnida ikkita hashamatli inshoot - Sherdor madrasasi (1619-1636) va Tillakori madrasa-masjidi (1646-1660) bunyod etilgan. buzib yuborilgan diametri 15 metr bo‘lgan katta gumbazli xonaqoh o‘rnida Mirzo Ulug‘bek madrasasining nusxasi sifatida unga qarama-qarshi turgan Sherdor madrasasi bunyod etilgan. Sherdor madrasasining peshtoqi Mirzo Ulug‘bek madrasasi peshtoqi bilan asosan bir xil, binolar bir-biriga o‘xshash bo‘lsa ham, lekin sifat va me'morchilik jihatidan farq qiladi.

Batafsil ...

Tillakori madrasasi (1646-1660)

Yalangto‘sh Bahodir Sherdor madrasasini qurdirganidan o‘n yil o‘tgandan so‘ng, Ulug‘bek tomonidan qurilgan Karvonsaroyni tiklash imkoniyati bo‘lmaganligi sababli, uning poydevori ustidan yangi madrasa – masjid qurdiradi. 

U keyinchalik Tillakori madrasasi deb atalgan. Tillakorining qurilishi bilan Registonning ajoyib bir ansambli mukammal shaklga keladi.

Batafsil ...

Afrosiyob shaharchasi

Afrosiyob Samarqand shahrining shimolida joylashgan bo‘lib, maydoni 219 ga ni tashkil etadi. Ushbu hudud Samarqandning qadimiy o‘rni bo‘lib, XIII asr boshida mo‘g‘ullar bosqinidan so‘ng xarobaga aylangan. Afrosiyobning hozirgi vaqtda hukmdor arki va shahristoni saqlangan. 

Batafsil ...

Amir Temur jome' masjidi (1399 – 1404)

XIV-XV asrlarda - temuriylar davrida Movoraunnahrda obod poytaxtga ega bo‘lgan kuchli davlat yuzaga keldi. Bu davlatning poytaxti bo‘lgan Samarqandda yirik qurilish ishlari avj oldi. Unda Sharq xalqlarining me'morchilik tajribasi va xalq an'analari mujassamlashgan edi. 

Jome' masjid Markaziy Osiyoda eng yirik inshootlardan biri hisoblanadi. Amir Temur davrining tarixchisi G‘iyosiddin Ali Yazdiyning yozishicha, «…801 yilning ramazoni sharif oyining to‘rtinchi kunida (1399 yil 10 may) masjid uchun poytaxtning eng yaxshi joyini Amir Temur tanladi. Mashhur ustalar va me'morlar bu ulkan imoratning loyihasini tuzdilar va eng saodatli daqiqada uning poydevorini qura boshladilar…»

Batafsil ...

Amir Temur maqbarasi

Amir Temur maqbarasi Markaziy Osiyo me'morchiligining noyob asari sifatida e'tirof etilgan. Maqbara qurilishi buyuk Soxibqiron Amir Temur tomonidan 1404 yilda boshlanib, Mirzo Ulug‘bek davrida tugallangan. 

Maqbara Samarqandning janubiy-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, XIV asr oxirida Amir Temurning nabirasi Muhammad Sulton tomonidan qurilgan madrasa yonida tiklangan.

Batafsil ...

Saroymulkxonim maqbarasi

Samarqandning ko‘hna qismida, Amir Temur jome' masjidining kunchiqar tomonida, bundan olti asrlar ilgari barpo qilingan yana bir me'moriy obida mavjud.

Bu obida ichida Amir Temurning suyukli xotini Saroy­mulk­xonim – Bibixonimning qabri joylashgan.

Batafsil ...

Shohi Zinda majmuasi

Shohi Zinda, ya'ni «Tirik shoh» maqbaralar majmuasi o‘tmish ajdodlarimiz tarixi va taqdirida alohida o‘rin tutadi. U ko‘hna Samarqandning janubiy qismida joylashgan bo‘lib, muqaddas ziyoratgohlaridandir. 

Shohi Zinda nomi Muhammad payg‘ambarning amakivachchalari Qusam ibn Abbos nomi bilan bog‘liq. G‘iyosiddin Javhariyning yozishicha, hazrat Qusam ibn Abbos Muhammad (s.a.v.)ni vafot etgandan so‘ng, yuvganlardan biridir. O‘sha chog‘da Qusam 8 yoshda bo‘lgan. Payg‘ambarimizni hadislarida aynan u kishi to‘g‘risidagi quyidagi so‘zlari Qusam ibn Abbosni kirish eshiklarini peshtoqida yozilgan: “Qusam ibn Abbos o‘z xulqlari va tashqi ko‘rinishlari bilan menga o‘xshaydigan shaxslardandir” deyilgan. Hazrat Qusam imom Xasan bilan emishgan aka-ukadur.

Batafsil ...

Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyi

Buyuk o‘zbek xalqining atoqli farzandi, jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan benazir alloma va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek nomi bilan bog‘liq ushbu muzey 1964 yilda tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan 2010 yilda muzey tubdan yangi qurilgan binoda qayta tashkil etildi. 

Batafsil ...
 
Интерактив хизматлар
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing