Murojaatlar uchun telefon:

 0 (366) 231-06-09 

Ishonch telefoni:

 0 (366) 233-24-96 
 
Samarqand viloyati
Samarqand shahar hokimligi

 

Fakt va raqamlar

2015 YILNING ENG ESDA QOLARLI VOQEA VA HODISALARI

YANVAR

1 yanvar – yilning birinchi kunida shaharda 140 nafar chaqaloq dunyoga keldi.

3 yanvar – Samarqand shahridagi 24-son bolalar musiqa va san'at maktablarining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

6 yanvar – Samarqand shahridagi "8 Mart" mas'uliyati cheklangan jamiyati negizida tashkil etilgan "Afrosyob jeans" korxonasida jinsi matodan bolalar, erkaklar va ayollar shimlari ishlab chiqarish yo‘lga quyildi.

9 yanvar – shahar hokimligida xalq deputatlari shahar kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya qarori bilan viloyat Kengashining reglamenti tasdiqlanib, doimiy komissiyalar tuzildi va doimiy komissiyalar tarkibi tasdiqlandi. Akbar Shukurov Samarqand shahar hokimi etib tasdiqlandi.

– viloyatdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda boqilayotgan qoramollar soni 1 million 468 mingtaga, qo‘y-echkilar 2 million 60 ming boshga va yilqi soni qariyb uch mingtaga yetdi.

10 yanvar – Qurolli Kuchlar tizimida o‘tkazilgan "Eng ilg‘or mutaxassis" Respublika ko‘rik-tanlovida Kattaqo‘rg‘on shahridagi harbiy qism divizion komandiri, mayor Temur Hamzayev "Eng ilg‘or batalon komandiri" yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.

13 yanvar – xalq deputatlari Samarqand viloyat, tuman va shahar kengashlarining qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda quyidagilar Oliy Majlis Senati a'zosi etib saylandilar: Zoyir Mirzayev, Zaynab Berdiyeva, Abdimo‘min Jo‘rayev, Yolqin Qabulniyozov, Nigora Rabbimova, Norqul Sodiqov.

- Samarqand shahridagi Konsert zalida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 23 yilligiga bag‘ishlangan yig‘ilish hamda bayram konserti bo‘lib o‘tdi.

15 yanvar – Samarqand shahridagi "Afrosiyob" sport majmuasida "Keksalarni e'zozlash yili"ga bag‘ishlab nuroniylar ishtirokida uzunlikka sakrash, yugurish va xalqaga to‘p tashlash bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.

24 yanvar – Viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti dotsenti Hamroqul Rofiyev "Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi" o‘quv qo‘llanmasi uchun "Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi" Respublika tanlovida birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

29 yanvar – Rossiyaning "Aeroflot" aviakompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, "Samarqand–Moskva–Samarqand" yo‘nalishi bo‘yicha aviayo‘nalish yo‘lga qo‘yildi.

 

FEVRAL

3 fevral –Samarqand shahar hokimligi xotin-qizlar qo‘mitasi qoshida "Ayollar maslahat markazi" ish boshladi.

–Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, yer va kredit ajratish, kommunal va arxitektura idoralari bilan bog‘liq masalalarda byurokratik hamda sansalorlik holatlariga barham berish hamda mavjud muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida shahar hokimligida Ishonch telefonlari joriy qilindi.

Shuningdek, tadbirkorlarni haftaning seshanba va shanba kunlari soat 10:00 dan 13:00 gacha viloyat hokimi boshchiligida qabul qilish va muammolarni tezkorlik bilan hal qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

5 fevral – viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi yig‘in punktida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yigitlarni birinchi kuzatish marosimi o‘tkazildi.

9 fevral – Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligi munosabati bilan Samarqand shahridagi alloma nomidagi bog‘da viloyat va shahar jamoatchiligi ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

10 fevral – Oliy va o‘rtamaxsus ta'lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan "Kitobxonlar bayrami" tanlovida Samarqand davlat universiteti jamoasi uchinchi, talabalar o‘rtasida esa universitet talabasi Oydinniso Nasriddinova ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

11 fevral – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti direktori Amriddin Berdimurodov va Samarqand davlat chet tillar instituti o‘qituvchisi Dilfuza Ataullayeva Fransiya davlatining "Akademik palma" ordeni bilan taqdirlandi.

13 fevral – Samarqand shahridagi Konsert zalida Zulfiya tavalludining yuz yilligiga bag‘ishlab badiiy-musiqiy kecha o‘tkazildi.

14 fevral – Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutida Janubiy Koreya va O‘zbekistonning arxitektura sohasi olimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

16-22 fevral – “Keksalarni e'zozlash yili” munosabati bilan "Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmasin!" shiori ostida viloyatning barcha shahar va tumanlarida salomatlik haftaligi tashkil etildi. Unda keksalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kasallik aniqlangan bemorlarga davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

Shuningdek, shifokorlar tibbiy ko‘rikka kelolmagan nuroniylarning xonadonlariga bordilar.

18 fevral – O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov viloyat saylovchilari bilan uchrashdi.

20 fevral – shu kundan e'tiboran yil davomida yakshanba kunlari 60 yoshdan oshgan fuqarolar uchun shahardagi barcha kinoteatrlarga kirish bepul qilindi.

20-24 fevral – viloyat hokimi Z.Mirzayev Samarqand davlat meditsina instituti, Samarqand davlat chet tillar instituti va qishloq xo‘jalik instituti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari bilan uchrashdi.

24 fevral – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov samarqandlik saylovchilar bilan uchrashdi.

– Samarqand Temir yo‘l vokzalida muddatli harbiy xizmatdan qaytib kelgan bir guruh askarlar viloyat va shahar hokimligi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, "Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi vakillari hamda askarlarning ota-onalari tomonidan kutib olindi.

26 fevral – Samarqand avtomobil zavodi konveyerida yigirma minginchi avtomobil ishlab chiqarildi.

– Samarqand davlat universitetida oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari uchun "Karyera kunlari–2015" tadbiri o‘tkazildi. Shu kuni 200 nafarga yaqin bitiruvchilar bir qator korxona va tashkilotlar bilan mehnat shartnomasi imzoladi.

 

MART

1 mart –mart oyidan boshlab efirga chiqa boshlagan “Sevimli TV” birinchi internet-telekanali loyihasida “Samarqand televideniyesi” mas'uliyati cheklangan jamiyati ham ishtirok etishni boshladi.

2 mart – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov Samarqand viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

3 mart – O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi bilan taniqli san'at va madaniyat vakillarining samarqandlik yoshlar va san'at ixlosmandlari bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

–Samarqand shahridagi Markaziy harbiy okrug serjantlar tayyorlash maktabi bitiruvchilariga sertifikat va ko‘krak nishonlari tarqatildi.

5 mart – Vengriyaning Eger shahrida bo‘lib o‘tgan paralimpiyachilar o‘rtasidagi dzyudo bo‘yicha jahon kubogida pastdarg‘omlik Durbek Berdiyorov oltin medal bilan taqdirlandi.

7 mart – viloyatning eng chekka hududlarida istiqomat qilayotgan xotin-qizlarni Samarqand shahrida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari bilan tanishtirish hamda tarixiy obidalarni ziyorat qilish maqsadida sayohat tashkil etildi.

– Yaponiyaning FUJI-TV telekanalida namoyish etilgan O‘zbekiston haqidagi ko‘rsatuvda Samarqand shahrining tarixiy osori-atiqalari, o‘zbek xalqining urf-odat va an'analari to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi.

– Afrosiyob xarobalaridan topilgan eramizdan avvalgi VII asrga oid 7 dona shatranj toshlari dunyodagi eng qadimgi shaxmat donalari ekanligi ma'lum bo‘ldi.

12 mart – Samarqand shahrida Janubiy Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligida barpo etiladigan kasb-hunarga o‘qitish markazi qurilishi boshlandi.

– Samarqand shahrida "Bank – mijozuchun" shiori ostida bank texnologiyalari va xizmatlari hududiy "BankExpo – 2015" milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

15-18 mart "O‘zbek milliy kino kunlari" festivali doirasida taniqli teatr va kino aktyorlari, rejissyor va san'atshunoslar viloyatning bir qator shahar va tumanlarida bo‘ldilar.

21 mart – Samarqand shahrining o‘ndan ortiq maskanlarida Navro‘z sayllari uyushtirildi. Asosiy bayram tadbiri "Mo‘jiza" amfiteatrida bo‘lib o‘tdi.

–"Euronews" telekanali boshqaruvchi direktori Olivye de Manshenyu Samarqandga keldi.

29 mart – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylov bo‘lib o‘tdi.

31 mart – Samarqandda kutilmaganda havo harorati kunduzi -4, kechasi -9 darajaga tushib qor yog‘ishi kuzatildi. Deyarli barcha mevali daraxt gullarini sovuq urdi. Bir qator ekinlar ham sovuqdan zararlandi.

 

APREL

2 aprel – Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarish kafedrasi assistenti Sindor Yoqubov yuqori samarali ishqorli g‘ovakli betonlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

2-3 aprel – Samarqand shahridagi olimpiya zaxiralari tayyorlash markazida viloyat hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi.

6 aprel – Markaziy saylov komissiyasining "2015 yil 29 mart kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari to‘g‘risida"gi Qarori e'lon qilindi. Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylandi.

9 aprel – Samarqand shahrida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 679 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.

– viloyatning barcha axborot resurs markazlarida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazilib, ushbu tadbir doirasida "Farzandimga kitob sovg‘a qilaman" aksiyasi tashkil etildi.

10-30 aprel – Viloyat o‘lkashunoslik muzeyida "Bahor ne'matlari" ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

14 aprel – So‘g‘diyona istirohat bog‘ida "Maydon tomoshalari san'ati" Respublika festivali bo‘lib o‘tdi. Unda dorboz jamoalari va sirk san'ati guruhlari ishtirok etdi.

– Samarqand shahrida 1999-2000 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan veloshosse bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionatiga start berildi.

16 aprel – Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti yosh olimi Manuchehr Bobokalonov GIS texnologiyalari asosida elektron ko‘rinishdagi aholi xaritasini yaratdi. Ushbu xarita yordamida har bir xonadon haqida to‘liq ma'lumot olish mumkin.

– Samarqand shahrida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tashabbusi bilan "Keksalari e'zozlangan yurt" nomli ma'rifiy kecha o‘tkazilib, 60 nafar otaxon va onaxonlarga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarga bepul yo‘llanma berildi. Yana qirq nafar faxriylar Samarqandning tarixiy qadamjolarini ziyorat qilgach, Buxoro shahriga sayohatga jo‘nab ketdi.

20 aprel – shu sanadan boshlab viloyat teleradiokompaniyasining ko‘rsatuvlari 06:00 dan 14:00 ga qadar, kech soat 18:00 dan 00:00 ga qadar – 14 soatlik hajmda efirga uzatila boshlandi.

– "Kamolot”- taksi" loyihasi asosida Samarqand shahrida harakatlanadigan yo‘nalishsiz taksilar kun bo‘yi keksalarni o‘z manzillariga bepul yetkazib qo‘ydi.

24 aprel –"Kamalak" a'zoligiga qabul qilish tantanalari bo‘ldi.

25 aprel – Samarqandda "Advokaturaning dolzarb masalalari: milliy va xalqaro tajriba" mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.

27 aprel – Samarqandda tuman va shahar hokimlarining o‘n kunlik o‘quvi boshlandi.

 

MAY

1 may – Samarqand shahrida "Favvoralar sayli" bayrami o‘tkazildi.

5 may – Samarqand shahridagi Farhod shaharchasida steril infuzion qorishmalar ishlab chiqaruvchi "SamarkandEnglandEkomedical" O‘zbekiston-Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasi ish boshladi. 250 kishi mehnat qiladigan ushbu korxona 12 million flakon qorishma ishlab chiqarish quvvatiga ega.

5-6 may – Samarqanddagi "Sharq yulduzi" kinoteatrida Germaniyaning "Shlingel" xalqaro kinofestivali va "O‘zbekkino" milliy agentligi bilan hamkorlikda bolalar va yoshlar uchun nemis kino kunlari o‘tkazildi.

– viloyatda arxitektor va shaharsozlar uchun yangi majmua ishga tushdi.

8 may – Samarqand shahridagi 8-oilaviy poliklinikaning yangi binosi foydalanishga topshirildi.

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan korxona va tashkilotlar, muassasalarda tadbirlar o‘tkazildi. Asosiy bayram tantanalari ishtirokchilari viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

12 may – viloyatdagi 500 nafardan ortiq iqtidorli va tashabbuskor yoshlar "Yurt kelajagi" Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etdi. Ulardan 33 nafari Respublika bosqichiga yo‘l oldi.

13 may – Samarqand shahrida Professional tennischilar uyushmasi (ATR) musobaqalari taqvimidan joy olgan "Chellenjer" xalqaro turnirining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada ishtirok etish uchun dunyoning 19 davlatidan 60 ga yaqin sportchi tashrif buyurdi.

16 may – Toshkentda o‘tkazilgan "O‘zbek jang san'ati" bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida samarqandliklar 7 ta oltin, 10 ta kumush va 14 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

17 may – Urganch shahrida o‘tkazilgan 1996-1997 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasidagi dzyudo kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida viloyatning o‘g‘il bolalar jamoasi ikkinchi, qizlar jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

18 may – viloyatdagi barcha muzeylar "Ochiq eshiklar kuni" munosabati bilan aholiga bepul xizmat ko‘rsatdi.

– "Toshkent-Samarqand-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanuvchi "Afrosiyob" tezyurar poyezdi dam olish kunlari mazkur yo‘nalishda kuniga uch marta harakatlanadigan bo‘ldi.

21 may – Samarqand shahrida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida 310 ta korxona va tashkilot 3828 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Shu kuni 410 nafar fuqarolar o‘zlariga mos ish joylariga ega bo‘ldi.

22-24 may – viloyatda o‘tkazilgan "Biz buyuk yurt farzandlarimiz!" shiori ostidagi yoshlar festivali eng chekka hududlargacha yetib bordi. Unda yoshlar poytaxtdan tashrif buyurgan jamoat arboblari, ijodkorlar, san'atkorlar, teatr va kino aktyorlari bilan uchrashdi. Payariq tumanidagi istirohat bog‘i hamda Urgut tumanidagi Mirzabog‘lon-Chep mahallasidagi amfiteatrda gala-konsert tashkil etildi.

23 may – Samarqand shahridagi 60-umumta'lim maktabi o‘quvchisi Shahboz Faxriyev "Prezident asarlarini o‘rganamiz" ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida oliy darajadagi diplom bilan taqdirlandi.

26 may –AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen xonim Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi.

– Samarqandlik talabalar imzoni aniqlash uchun dasturiy ta'minot ixtiro qildilar.

28 may – Janubiy Koreyaning Seul shahrida paralimpiyachiar o‘rtasidagi butunjahon o‘yinlarida Samarqand davlat universiteti talabasi O‘tkirjon Ne'matov dzyudo bo‘yicha oltin medalga sazovor bo‘ldi.

29-30 may – viloyatda "Keksalarni e'zozlash yili" Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, "Barkamol avlod tarbiyasida milliy va ma'naviy qadriyatlarning o‘rni" mavzusida ilmiy-amaliy seminar, ko‘rgazma va davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.

– Samarqand shahrida "Adabiyotga e'tibor – ma'naviyatga, kelajakka e'tibor" shiori ostida an'anaviy kitob bayrami o‘tkazildi.

 

IYUN

1 iyun – Samarqand shahridagi "Bofanda" mas'uliyati cheklangan jamiyati 2015 yilning o‘tgan davrida qariyb 100 ming dollarga teng mahsulot eksportini amalga oshirdi.

3 iyun – Samarqand qishloq xo‘jalik institutidaJanubiy Koreyaning Kangvon universiteti bilan hamkorlikda xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat olimlari qishloq xo‘jaligida yangi innovatsion texnologiyalarini ishlatish va suvdan tejamkorlik bilan foydalanish masalalarini muhokama etdilar.

4 iyun – Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE)ning IX xalqaro kengashi Samarqandda o‘tkazildi.

6 iyun – Samarqand shahridagi Cho‘pon ota maskanida Qozog‘iston ishbilarmonlari bilan hamkorlikdagi uchinchi korxona – ustav fondi 500 ming dollarlik asfalt-beton va bitum mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Samarqand-Turkiston-do’stlik” korxonasi ro‘yxatga olindi. Qariyb 50 kishini ish bilan ta'minlaydigan korxona viloyatdagi xorijiy investitsiya ishtirokidagi 192-korxona bo‘ldi.

9 iyun – Samarqand shahrida "Yangi asr iste'dodlari" ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi.

14 iyun – Hamid Olimjon nomidagi viloyat davlat drama va musiqa teatrining "Qob-IL" (Aka-ukalar) spektakli Toshkentda o‘tkazilgan "Seni kuylaymiz, zamondosh!" Respublika ko‘rik-festivalida g‘oliblar safidan joy olib 2016 yil Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Xalqaro teatrlar festivaliga tavsiya qilindi.

29 iyun – Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi telekanali efir vaqti 14 soatdan 18 soatga uzaytirildi.

30 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan viloyatning shahar va tumanlarida "Barkamol avlod — giyohvandlik va chekishga qarshi!" shiori ostida yoshlar aksiyaci o‘tkazildi. 

 

IYUL

9 iyul – Turkiyada o‘tkazilgan Sharq yakkakurash turlari bo‘yicha Yevropa ochiq chempionatida viloyatning "O‘zbek jang san'ati" jamoasi 10 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

18 iyul –Samarqand shahridagi Konsert zalida "Yagonasan, muqaddas Vatan!" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida narpaylik Xurshid Gadoyev "O‘zbekiston" qo‘shig‘i bilan birinchi o‘rinni egalladi.

25 iyul – Vatanimiz mustaqilligining yigirma to‘rt yilligi oldidan “Betakrorimsan, yagonasan, ona-Vatanim-O‘zbekistonim!” shiori ostida ma'naviy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

29 iyul – "O‘zavtosanoat" aksiyadorlik kompaniyasi bilan Yaponiyaning "Isuzu Motors LTD." Kompaniyasio‘rtasida"Samarqandavtomobil zavodi" mas'uliyati cheklanganjamiyatiustav kapitalidagi8foiz ulushnisotib olish to‘g‘risida bitimimzolandi.

Shu kuni siqilgan tabiiy gaz bilan ishlovchi ilk "Isuzu" avtobusining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

 

AVGUST

4 avgust – Samarqand shahridagi ko‘chalar yoqalariga 100 ming tupga yaqin pituniya, katarantus, rayhon, astra kabi gul ko‘chatlari o‘tqazildi.

5 avgust – Samarqand shahridagi "Afrosiyob" sport majmuasida 60 yoshdan yuqori keksalar ishtirokida shaxmat, shashka va stol tennisi bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi.

6 avgust – Bosniya va Gersogovina poytaxti Sarayevo shahrida o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida pastdarg‘omlik Diyora Keldiyorova oltin medalni qo‘lga kiritib, jahon chempioni bo‘ldi.

8 avgust – Samarqand shahridagi "Sharq" mahallasi "Eng namunali o‘zini o‘zi boshqarish organlari" tanlovi viloyat bosqichida 1-o‘rinni egalladi.

10-15 avgust – viloyatda "Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmasin" shiori ostida bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

15 avgust – Xitoyning Ulanchab shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Samarqand olimpiya zaxiralari kolleji bitiruvchisi Yodgoroy Mirzayeva bronza medalni qo‘lga kiritdi.

22 avgust – Andijon shahrida o‘tkazilgan o‘zbek jang san'ati bo‘yicha "Bobur Mirzo kubogi" Respublika turnirida samarqandliklar umumiy hisobda ikkinchi o‘rinni egalladi.

– Farangiz Shamsiyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste'dodlar uchun "Nihol" mukofoti sovrindori bo‘ldi.

22-23 avgust – Umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.

25 avgust – "Qomus" advokatlar hay'ati advokati G‘anixon Ma'diyev "Yilning eng yaxshi advokati" Respublika ko‘rik-tanlovida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

– O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivaliga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi.

– Samarqand temir yo‘l vokzalida "Sharq taronalari" X xalqaro musiqa festivali ishtirokchilari tantanali kutib olindi.

28 avgust – Registon maydonida "Sharq taronalari" X xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov hamda YUNYESKO bosh direktorining o‘rinbosari Erik Falt ishtirok etdi.

25-30 avgust – "Sharq taronalari" X xalqaro musiqa festivali ishtirokchilari Samarqand shahri, Urgut, Tayloq, Jomboy, Samarqand va Oqdaryo tumanlarida konsert dasturlari namoyish etdi.

30 avgust – "Sharq taronalari" X xalqaro musiqa festivalining bosh sovrini — Gran Prini Xitoyning "JiangsuWomen`sOpchestra" guruhi qo‘lga kiritdi.

 

SENTYABR

2 sentyabr – oliy o‘quv yurtlarida 5805 nafar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 54703 nafar yoshlar hamda umumta'lim maktablarida 72 738 nafar o‘quvchilar ilk marotaba o‘quv darslarida ishtirok etdilar.

5 sentyabr – Namangan shahrida o‘tkazilgan “Ishbilarmon talaba — 2015” stipendiyasi ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida samarqandlik uch nafar o‘quvchi g‘olib bo‘ldi.

–shahar oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan 996 nafar talabaga 3 milliard 600 million so‘m ta'lim krediti berildi.

6 sentyabr – O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyat hokimligi va "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi hamkorligida viloyatdagi barcha tuman va shaharlarda “Nima qildik Vatan uchun?” yoxud “Biz, yoshlar giyohvandlik va terrorizmga qarshimiz!” shiori ostida yoshlar festivali o‘tkazildi.

8 sentyabr – Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Butunjahon Sharq yakka kurashlari sport festivalida "O‘zbek jang san'ati" bo‘yicha mamlakatimiz terma jamoasi safida ishtirok etgan Samarqand viloyati sportchilari Sherzod Qurbonov hamda Zarina Zubaydullayeva ikkitadan oltin va bittadan bronza medalni qo‘lga kiritdi.

10 sentyabr – "Kamolot – TUR" VIII milliy yoshlar velomarafonining viloyat bosqichida 500 nafardan ortiq o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

– Samarqand shahrida "Fuqarolik jamiyatini shakllantirish hamda davlat va jamiyat qurilishida xotin-qizlarning o‘rni: O‘zbekiston tajribasi" mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

10-12 sentyabr – viloyatdan Haj ziyoratiga boruvchi 400 nafar fuqarolar Samarqand xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga kuzatildi.

12 sentyabr – Latviyaning Yurmala shahrida o‘tkazilgan xalqaro raqs tanlovida oqdaryolik Madina Qanoatova g‘oliblar safidan joy egalladi.

– Buyuk Britaniyaning «Telegraph.com» sayti sayohat qilish uchun dunyoning 25 ta eng go‘zal va qulay joylari ro‘yxatini e'lon qildi. Ushbu ro‘yxatdan Samarqand shahri ham o‘rin egalladi.

– Novokuznetskning «YEVRAZ» kompaniyasi Samarqand va Buxoro shaharlari o‘rtasidagi temir yo‘l tezyurar poyezdlari uchun 25 metr uzunlikdagi relslar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

– O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan bolalarni yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish tashkilotchilarining V Respublika forumida viloyat vakillari 14 nominatsiyadan 7 tasida g‘olib bo‘ldi.

Xususan, "Barkamol avlod" oromgohi "Eng namunali bolalar oromgohi" bo‘ldi.

17 sentyabr – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida “ICTWEEK Uzbekistan — 2015” an'anaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida «ICTExpo – 2015» axborot texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

29 sentyabr – Bosniya va Gersogovina davlatida o‘tkazilgan yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida pastdarg‘omlik To‘rabek Tirkashev jahon chempioni bo‘ldi.

 

OKTYABR

10 oktyabr – Samarqand shahrida "Gulla, jonajon Samarqand" deb nomlangan VII gullar bayrami o‘tkazildi.

12 oktyabr – Latviyaning Riga shahrida yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan sambo bo‘yicha jahon chempionatida Samarqand oliy mahorat sport maktabi tarbiyalanuvchisi Jahonoy Turkmanova oltin medalga sazovor bo‘ldi.

14 oktyabr – "Euronews" telekanalining tasvirga olish guruhi tomonidan Samarqand, Buxoro va Termiz tarixiy shaharlari haqida ko‘rsatuvlar tayyorlandi. Ushbu ko‘rsatuvlar dunyoning 155 mamlakatidagi 370 milliondan ortiq auditoriyaga ega telekanal orqali 13 tilda efirga uzatiladi.

18 oktyabr – Samarqand shahri kuni keng jamoatchilik tomonidan munosib kutib olindi. Jumladan, saxovat va mehribonlik uylarida bayram tadbirlari o‘tkazildi.

 

NOYABR

1 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibi Jon Kerrini qabul qildi.

Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida Markaziy Osiyoning besh mamlakati va Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosat mahkamalari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

5-6 noyabr – Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro investitsiyaviy forum ishtirokchilari Samarqandda ham bo‘lib, investitsiya kiritish taklif etilayotgan korxonalar faoliyati, xorijlik ishbilarmonlar uchun yaratilgan qulaylik va imtiyozlar bilan tanishdi.

7 noyabr – Samarqandda Xitoy tasviriy san'at milliy akademiyasi va rassomlar uyushmasi vakillaridan iborat delegatsiya mehmon bo‘ldi.

10 noyabr – Rossiyaning Sochi shahrida Sharq yakka kurash turlari bo‘yicha o‘tkazilgan XII xalqaro chempionatda viloyat sportchilari 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

– Samarqand oliy sport mahorat maktabi tarbiyalanuvchisi Temurxon To‘rayev Eronda o‘tkazilgan kurash bo‘yicha jahon chempionatida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

18 noyabr – O‘zbekistonga tashrif buyurgan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif Samarqandga ham kelib, bir qator tarixiy obidalar va ziyoratgohlarni tomosha qildi.

21-23 noyabr – Samarqand shahridagi 1-son bolalar musiqa va san'at maktabi o‘quvchisi Madina Qanoatova Latviyaning Riga shahrida o‘tkazilgan "Debyut premium – 2015" xalqaro ko‘rik-tanlovida Gran Pri sohibi bo‘ldi.

24 noyabr – Samarqand shahrida Polsha va o‘zbekistonlik ishbilarmonlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

24-25 noyabr – Samarqand davlat universitetida "Uzluksiz ta'lim sifat va samaradorligini oshirishning nazariy muammolari" mavzuida vazirlik miqyosida ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

                     

DEKABR

3 dekabr – Samarqand shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida viloyat vakili Ulug‘bek Haqberdiyev mamlakat chempioni bo‘ldi.

4 dekabr – Hamid Olimjon nomidagi viloyat davlat musiqa va drama teatri binosida xayriya marafoni bo‘lib o‘tdi.

10 dekabr – Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tarkibidagi "Eko-energiya" ilmiy-tadbiqiy markazi tomonidan Respublika ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida Samarqand shahrida ekologik toza energiya manbalarini joriy qilish va rivojlantirishga bag‘ishlangan media-tur o‘tkazildi.

23 dekabr – Samarqand shahriga 885 dona Prezident sovg‘alari keltirildi.

27 dekabr – “Samarqand iftixorlari” an'anaviy tadbiri bo‘lib o‘tdi. 400 nafardan ko‘proq ishtirokchilarning 74 nafariga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar ulashildi.

29 dekabr – “Samarqand” restoranida “Prezident archasi” asosiy bayram tadbiri o‘tkazildi. 250 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari ishtirok etdi.


Oxirgi o‘zgarish: 05/03/2016 16:12;   Ko‘rilganligi: 113
 
Интерактив хизматлар
Matnni o‘qish uchun ushbu tugmani bosing